Talabalarning bilimini ilmiy izlanishlar bo‘yicha oshirish


Xom ashyolar sarfini hisoblash


Download 0.52 Mb.
bet4/11
Sana04.04.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1328872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Beton

Xom ashyolar sarfini hisoblash.
Beton va temirbeton buyumlari ishlab chiqarish korxonalari odatda xom ashyo zahiralari ko‘p bo‘lgan joylarda, shuningdek temir yo‘l va suv transporti vositalaridan unumli foydalanish imkoni bo‘lgan sanoat markazlariga qurilishi maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari sanoat korxonalaridan chiqadigan chiqindilar (shlak, temir qipiqlari va x.k.) beton uchun to‘ldiruvchi sifatida keng ishlatiladi. Shunday qilinganda temir-beton buyumlar ishlab chiqarish harajatlari birmuncha kamayib, iqtisodiy jihatdan tejamkorlikka erishiladi va ishlab chiqarish unumdorligi oshadi.
Beton va temirbeton buyumlarning qo‘llanilishi, ishlab chiqarish texnologiyasi talablarga asosan og‘ir, yengil va maxsus xildagi betonlar ishlatiladi. Og‘ir betonlar uchun yirik to‘ldirgichlar sifatida shag‘al, chaqir tosh, sanoat chiqindilari (cho‘yan, po‘lat qirindisi va boshqalar) mayda to‘ldiruvchilar sifatida esa mayda qumlar (tog‘, daryo va dengiz, barxan va x.k.) hamda sun'iy qumlar (maydalangan tog‘ jinslari, metallurgiya shlaklari va boshqalar) ishlatiladi.
Maxsus xildagi betonlardan asosan silikat betonlik, polimerbetonli va betonpolimerli buyumlar ishlab chiqariladi. Silikat betonlarga ohak-shlak va boshqa bog‘lovchilar ishlatiladi.
Qurilmaning mustahkamligi betonning sinfiga va sifatiga bog‘liqdir. Betonning sifati va mustahkamligi esa o‘z navbatida uni tashkil qiluvchi dastlabki ashyolar sifatiga bog‘liqdir. Belgilanishi va inshootlarda ishlatilishiga qarab uni tashkil etuvchi komponentlarga tegishli talablar qo‘yiladi. Sementning turi va markasini tanlash betonning kerakli mustahkamligiga, uning qotish sharoiti va beton hamda temirbeton qurilmalarining qanday maqsadda ishlatilishiga qarab aniqlanadi. Og‘ir betonlar uchun sementning 250 markalari (aktivligi Rs=30…40 MPa)…. tavsiya qilinadi. Uning haqiqiy zichligi ρm=3,05…3,15 g/sm3, uyma zichligi ρm=1,4…1,7 g/sm3 va normal qotuvchanligi 22...26% atrofida bo‘ladi.
Mayda to‘ldiruvchilar sifatida ishlatiladigan qumning donadorligi 0,14...5 mm bo‘lishi kerak. Yiriklik moduli Mk=1...2 gacha, haqiqiy zichligi ρm=1400…1700 kg/m3, namligi Wn=3…7% atrofida bo‘ladi.
Yirik to‘ldiruvchilar sifatida ishlatiladigan shag‘al, chaqir tosh, keramzit va boshqa yirik to‘ldiruvchilarning donadorligi 5...70 mm bo‘lishi kerak. Uning sifati donalar tarkibi va shakli bilan xarakterlanadi. To‘ldiruvchi donalarining yirikligi betonlanadigan buyumlarning o‘lchamlari va armatura sterjenlari orasidagi masofa bilan cheklanadi. Ya'ni, yirik to‘ldiruvchi donalarining eng katta o‘lchami betonlanadigan qurilmaning eng kichik o‘lchamidan ko‘pi bilan ⅓ yoki armatura sterjenlari orasidagi eng kichik masofadan ko‘pi bilan ¾ bo‘lishi kerak. Yirik to‘ldiruvchilarning xaqiqiy zichligi ρ=2600...2800 kg/m3, uyma zichligi ρm=1600…1750 kg/m3, namligi Wn=6%, g‘ovakligi 35…50% atrofida bo‘ladi.
Bularni hisobga 1m3 beton uchun sarflanadigan materiallar sarfini hisoblab olamiz.
Beton markasi- B30, M400 yoki Rb=400 MPa.
Beton qorishmasini harakatchanligi, standart konus cho’kmasi-7 sm;

  1. Bog’lovchi material-portlandsement

Sement aktivligi- Rs=300 MPa;
Sement solishtirma og’irligi- ρ s.x=3.1 g/sm3;
Sement hajm og’irligi- ρ s.t=1.3g/sm3;

  1. Mayda to’ldiruvchi-chaqiqtoshni chaqilgan qumi

Qumning solishtirma og’irligi- ρq.x=2.6 g/sm3;
Qumning hajm og’irligi- ρq.to’k=1.45 g/sm3;

  1. Yirik to’ldiruvchi- sheben

Shebenning donadorlik tarkibi - Д=10mm;
Shebenning solishtirma og’irligi - ρ sh.x=2.5 g/sm3;
Shebenning uyma hajmi og’irligi - ρsh.to’k=1.325 g/sm3;
Shebenning g’ovakligi - Vk=0.44
1m3 beton hajmini hisoblab topamiz.
Berilgan sement aktivligida talab qilingan beton mustahkamligini olib С/Ц nisbatini aniqlaymiz:

A-koeffisenti to’ldiruvchilar sifatiga bog’liq bo’lib, yuqori sifatli to’ldiruvchilar uchun 0.6 ga teng.


Aniqlangan С/Ц nisbati va suv miqdoriga asosan beton qorishmasini tayyorlash uchun sement miqdori aniqlanadi.

1 m3 beton qorishmasi uchun yirik to’ldiruvchi (sheben) sarfi aniqlanadi:





  - yirik to’ldiruvchilar donalarini oralig’ini belgilovchi koeffisent  -1.52
1 m3 beton qorishmasini tayyorlash uchun mayda to’ldiruvchi (qum) sarfini aniqlaymiz:

1 m3 beton qorishmasi uchun hajm og’irligi:


ρ b.q=Ц+ С+К+Щ=567,6+210+332,3+1190,5=2309,4
3-jadval

Marka klass

Material sarfi

Sement
kg

Yirik to’ldiruvchi kg

Mayda to’ldiruvchi kg

Suv litr

M400, B30

567.6

1190.5

332.3

210

Jami

2309.4 kg/m3

Sexning (korxonaning) texnologik jarayonini loyihalash uchun topshiriqda berilgan qiymatlar asosida har bir komponentlarning yillik, kunlik, smenalik va bir soatlik talabiy sarfini hisoblaymiz. Bunda beton aralashmasini tayyorlash vaqtida 0,5%, uni buyumlarga quyish paytida 1% kamayishi e'tiborga olinadi va hisoblash quyidagi formula yordamida bajariladi:



Bu yerda P-sexning (korxonaning) yillik unumdorligi, m3;
G1-1m3 betonga sarf qilinadigan ashyo sarfi, t.
B=0,5+1=1,5% betonni tayyorlash va buyumga quyish jarayonidagi kamayishi.


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling