OLMOSH
( DAS PRONOMEN )
Ot,sifat,son,ravish o‘rnida qo‘llanadigan so‘zlar turkumi olmosh deyiladi.Olmosh predmetni, uning belgisini anglatmaydi, balki ularni ko‘rsatish, mavjudligini bildirish uchun xizmat qiladi.Shuning uchun ham u ko‘pincha ot, sifat va son o‘rnida qo‘llanadi.Olmoshlarning qaysi so‘z turkumi o‘rnida kelganligi ko‘pincha konteksdan, oldingi gaplardan anglashiladi.
Ot ,sifat, son, ravish turkumiga oid so‘zlar o‘rnida qo‘llanuvchi olmoshlar juda oz miqdorni tashkil etadi.Masalan, nemis tilida nomlarni bildiruvchi so‘zlar yuzlab uchragani holda ,ular o‘rnida qo‘llanuvchi tub olmoshlar :ich, du, er, sie, es, wir, ihr, sie, Sie dan iborat.
Morfologik jihatdan ham olmoshlar bir xil emas. Ulardan ba’zilari(kishilik, ko‘rsatish , egalik, nisbiy, so‘roq olmoshlar) turlanadi, ayrimlari (birgalik, shaxssiz, o‘zlik olmoshlari) turlanmaydi. Gumon va bo‘lishsizlik olmoshlari esa ham turlangan, ham turlanmagan holda qo‘llanadi.
Nemis tilida olmoshlarning ma’noga ko‘ra quyidagi turlari bor:
Kishilik olmoshlari - ich, du...
|
die Personalpronomen – ich, du....
|
O‘zlik olmoshi – sich
|
das Reflixivpronomen – sich
|
Egalik olmoshlari – mein, dein....
|
die Possessivpronomen - mein, dein...
|
Ko‘rsatish olmoshlari – dieser, -e, -es...
|
die Demonstrativpronomen – dieser, -e, -es..
|
So‘roq olmoshlari – wer ?, was ?...
|
die Interrogativpronomen – wer ?, was ?
|
Nisbiy olmoshlar – der, die, das, welcher, -e, -es
|
die Relativpronomen – der, die, das, welcher, -e, -es
|
Gumon olmoshlari – jemand, man
|
die Indefinitpronomen – jemand, man
|
Bo‘lishsizlik olmoshi- kein, niemand
|
die Negativpronomen – kein, niemand
|
Shaxssiz olmosh – es
|
das unpersönliche Pronomen – es
|
Birgalik olmoshi – miteinander
|
das Reziprokpronomen – miteinander
|
Do'stlaringiz bilan baham: |