Talabalarning mustaqil ta’limini o‘zlashtirish uchun o‘quv- uslubiy qo‘llanma Karschi 2014 So‘z turkumlari


Download 343.4 Kb.
bet23/122
Sana09.06.2023
Hajmi343.4 Kb.
#1474696
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   122
Bog'liq
Talabalarning mustaqil ta’limini o‘zlashtirish uchun o‘quv- uslu

Ko‘rsatish olmoshlari
( Die Demonstrativpronomen )

Ko‘rsatish olmoshlari shaxs, narsa predmetni va ularning belgisini ko‘rsatish, bir turdagi predmatlardan bittasini ajratib ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. Ko‘rsatish olmoshlariga quyidagilar kiradi: der-o‘sha,die-u,uni,das-bu,shu,die-ko‘pligi-ular,es-u,dieser,diese,dieses,diese-bu,shu,solcher,solche,solches,solche-bunday,shunday,jener,jene,jenes,jene-u,o‘sha,derjenige,diejenige,dasjenige-o‘sha,xuddi o‘sha,o‘shaning o‘zi,selbst,selber-o‘zi, derselbe, dieselbe, dasselbe, dieselben-o‘sha,xuddi o‘sha o‘shaning o‘zi.


Ko‘rsatish olmoshlari kelishiklar bilan o‘zgarishiga ko‘ra ikkiga – turlanadigan va turlanmaydigan ko‘rsatish olmoshlariga bo‘linadi.
Turlanadigan ko‘rsatish olmoshlariga quyidagilar kiradi: dieser, diese,dieses,diese;jener,jene, jenes, jene;derjenige, diejenige,dasjenige, diejenigen;der, die, das,die;derselbe, dieselbe, dasselbe, dieselben, solcher, solche, solches, scholche.
Bu olmoshlar o‘z navbatida turlanish jihatdan bir-biridan farq qiladi.Ulardan dieser, jener turlanish jihatdan bir-biriga o‘xshaydi, biroq ular so‘zlovchi bilan predmet orasidagi masofani ko‘rsatishda bir-biridan farq qiladi.Dieser olmoshi so‘zlovchiga ancha yaqin masofada turgan predmet yoki yaqindagina bo‘lib o‘tgan hodisani ko‘rsatish uchun, jener esa so‘zlovchidan ancha uzoqda turgan predmet yoki ancha ilgari yuz bergan hodisani ko‘rsatish uchun xizmat qiladi.Bu olmoshlar quyidagicha turlanadi: Ko‘rsatish olmoshlari xuddi aniq artikllardek turlanadi.


Singular

K

Maskulina

Feminina

Neutra

N

dieser Tag

Jene Frau

solches Buch

G

dieses Tages

jener Frau

solches Buches

D

diesem Tag

jener Frau

solchem Buch

A

diesen Tag

Jene Frau

solches Buch

Plural

K




N

diese, jene, solche Tage, Frauen, Bücher

G

dieser, jener, solcher Tage, Frauen, Bücher

D

diesen, jenen, solchen Tagen, Frauen, Büchern

A

diese, jene, solche Tage, Frauen, Bücher



Dieser va jener ko‘rsatish olmoshlari asosan sifat o‘rnida qo‘llanadi:
Dieser Student ist klug.
Biroq ayrim hollarda ular ot o‘rnida ham kelishi mumkin.Badiiy asarlarda sredniy roddagi ko‘rsatish olmoshi dieses Nominativ va Akkusativda, ba’zan qisqargan forma (dies) da ham uchraydi: Er wollte dies Glück nicht.

Download 343.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling