Talabalarning mustaqil ta’limini o‘zlashtirish uchun o‘quv- uslubiy qo‘llanma Karschi 2014 So‘z turkumlari


Download 343.4 Kb.
bet26/122
Sana09.06.2023
Hajmi343.4 Kb.
#1474696
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   122
Bog'liq
Talabalarning mustaqil ta’limini o‘zlashtirish uchun o‘quv- uslu

Jemand(kimdir,birov) turlangan holda ham, turlanmagan holda ham qo‘llanishi mumkin.Turlanganda noaniq artiklga o‘xshab turlanadi.Jeder va jedermann olmoshlari “har bir”,”har kim” ma’nolariga ega bo‘lib, jeder aniq artikldek turlanadi, jedermann esa turlanmaydi.Mancher (ba’zi bir, ayrim)olmoshi jeder kabi turlanadi,etwas (bir narsa, bir nima)olmoshi turlanmaydi.So‘zlashuv tilida etwas gumon olmoshi o‘rnida was, welchers olmoshlari qo‘llanishi mumkin.Alle(hamma,barcha),viele(ko‘p, ancha),wenige(ayrim, ba’zi) gumon olmoshlari ot o‘rnida ham, sifat o‘rnida ham qo‘llanadi.Viele hamda wenige gumon olmoshlari abstrakt va donalab sanab bo‘lmaydigan predmet nomlari oldidan kelganda odatda qisqa shakl –viel,wenig bo‘lib qo‘llanadi.M:viel (wenig)Zeit.
Bo‘lishsizlik olmoshi
( Die Negativpronomen)
Nemis tilida kein(er), niemand, nichts, so‘zlari bo‘lishsizlik olmoshlari bo‘lib, ular inkor ma’nosini ifoda etadi.Niemand(hech kim) turlangan holda ham, turlanmagan holda ham qo‘llanishi mumkin.Turlanganda noaniq artiklga o‘xshab turlanadi-Wir haben niemanden gesehen.-Biz hech kimni ko‘rmadik
Nichts(hech nima,hech narsa) olmoshi turlanmaydi.
Hier liegt nichts-Bu erda hech narsa yo‘q.
Kein (hech kim,hech qanday,hech qaysi)olmoshi predmet va shaxslarni inkor etish uchun qo‘llanadi, har doim inkor etiladigan otdan oldin keladi.Kein inkor olmoshi sifat o‘rnida qo‘llanganda birlikda noaniq, ko‘plikda esa aniq artikldek turlanadi.
Singular

K

Maskulina

Feminina

Neutra

N

kein Ofen

keine Frau

kein Buch

G

keines Ofens

keiner Frau

keines Buches

D

keinem Ofen

keiner Frau

keinem Buch

A

keinen Ofen

keine Frau

kein Buch

Plural

K




N

keine Öfen, Frauen, Bücher

G

keiner Öfen, Frauen, Bücher

D

keinen Öfen, Frauen, Büchern

A

keine Öfen, Frauen, Bücher



Kein olmoshi ot o‘rnida qo‘llanganda aniq artikldek keiner(m.r),keine(j.r),keines (s.r),keine(ko‘plik) turlanadi.
Bu olmoshlardan tashqari inkorni ifodalovchi nicht inkor yuklamasi,nie,niemals,nirgends ravishlari qo‘llanadi.Nicht inkor yuklamasi gapning istalgan bo‘lagini inkor etishi mumkin.Agar gapning kesimi inkor etilsa, unda butun gap inkor etiladi.Fe’lning sodda zamon shakllari(Präsens,Präteritum) bilan ifodalangan kesim inkor etilsa, nicht inkor yuklamasi gapning oxirida keladi:
Wir lesen den Text nicht.O‘zgaradigan va o‘zgarmaydigan qismlardan tashkil topgan kesim inkor etilganda, nicht inkor yuklamasi gap oxirida kelgan kesimning o‘zgarmas qismi oldidan qo‘yiladi: Wir haben den Text nicht gelesen.Agar gapning egasi yoki ikkinchi darajali bo‘laklardan biri inkor etiladigan bo‘lsa, nicht inkor so‘zi o‘sha bo‘lakdan oldin qo‘yiladi.So‘roq gaplarning har ikkala turida ham inkor so‘zi gapning oxirida qo‘yiladi.Wer liest den Text nicht? Buyruq gaplarda nicht yuklamasi buyruq maylidan keyin keladi, ammo buyruq infinitivda ifodalangan bo‘lsa, nicht inkori undan oldin keladi.M:Sprechen Sie nicht ! Nicht sprechen !



Download 343.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling