Talabalarning mustaqil ta’limini o‘zlashtirish uchun o‘quv- uslubiy qo‘llanma Karschi 2014 So‘z turkumlari


Download 343.4 Kb.
bet27/122
Sana09.06.2023
Hajmi343.4 Kb.
#1474696
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   122
Bog'liq
Talabalarning mustaqil ta’limini o‘zlashtirish uchun o‘quv- uslu

Shaxssiz olmosh
(Das unpersönliche Pronomen)

Nemis tilida es shaxssiz olmoshi mavjud bo‘lib, bu olmosh shaxssiz gap va iboralarda qo‘llanadi. Es shaxssiz olmoshi gapda tarjima qilinmaydi.Es olmoshi odatda kesimi shaxssiz fe’l bilan ifodalangan gaplarda ega vazifasida keladi.Es shaxssiz olmoshi quyidagi hollarda qo‘llanadi:gapda tabiat hodisasini ifodalovchi sof shaxssiz fe’llar qo‘llanganda, ot-kesim bo‘lib keladigan shaxssiz tuzilmalarda, shaxsi aniq fe’llar shaxssiz fe’llar vazifasida kelganda, masalan



I

Er liest ein Buch.Es ist interessant.
U kitob o‘qiyapti.U juda qiziqarli.

II

Es regnet.-Yomg‘ir yog‘yapti.
Es friert mich.- Sovqotyapman.

III

Wie geht es Ihnen? – Ahvollaringiz qanday ?

IV

Es ist warm.-Iliq.Es ist sieben Uhr.-Soat sakkiz.

es blitzt chaqmoq chaqmoqda es dämmert tong otmoqda


es donnert gumburlamorda es ist dunkel qorong‘u
es gibt bor es gibt nicht yo‘q
es hagelt do‘l yog’moqda es hupt hupen (signal bermoq)
es klopft klopfen (taqillatmoq) es ist kalt sovuq
Demak, egasi shaxssiz olmosh es bilan ifodalangan gap shaxssiz gap deyiladi. Es shaxssiz olmoshi quyidagi hollarda ega vazifasida qo‘llanadi.
1) ma’no jihatdan eganing borligi haqida fikr yurgizilmaydigan tabiat hodisalarida: es blitzt, donnert, regnet, schneit, dämmert, tagt, dunkelt.
2) Tabiat hodisalariga nisbatan holat yoki holatning vaziyatini aniqlashda: Es ist kalt, spät, dunkel.
3) ba’zi tuslanadigan fe’llar shaxssiz forma sifatida es gibt, es geht, es steht, kabi (turg‘un birikmalarda) qo‘llanganda.Bu fe’llar yangi, abstrakt yoki umumlashgan bir ma’noni anglatadi, masalan: Es gibt in unserer Fakultät einen Lesesaal und einen Fachraum. Wie steht es dir?
4) Shaxsning tashqi muhit bilan bog‘liq bo‘lgan his tuyg‘ularini ifodalashda:
Es bangt mir, es dürstet, hungert, friert, fröstelt mich, jammert mich, es graut mir
5) Ba’zan odamlarning ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan ichki sezgi, tuyg‘u, hayajon ma’nosini anglatuvchi fe’llar bilan:ich fühle es.
6) Es shaxssiz olmoshi o‘timsiz fe’l qo‘llangan majhul darajada ham ishlatiladi. Bu grammatik forma esa es shaxssiz olmoshi bilan boshlanadi. Agar gap boshqa gap bo‘lagi bilan boshlansa, u vaqtda es tushib qoladi:
Es darf geraucht werden. Hier darf geraucht werden.
Es wurde ihnen geholfen. Ihm wurde geholfen.
7) Es shaxssiz olmoshi sich olmoshi qo‘shilgan va majhul nisbat ma’nosini anglatadigan konstruksiyada ham qo‘llanishi mumkin:
Es schreibt sich gut auf diesem Papier.
Es fährt sich bequem in dieser Straßenbahn.
Es shaxssiz olmoshi shaxssiz gapda doim ega vazifasida qo‘llanishi faqat nemis tili uchun xosdir. O‘zbek tilida nemis tilidagi shaxssiz olmoshga mos keladigan olmosh yo‘q. Nemis tilidagi shaxssiz gap o‘zbek tilida, aksincha, shaxsli gap formasida ifoda etiladi. qiyoslang:
Es regnet – yomg‘ir yog‘moqda.
Es schneit – qor yog‘moqda.
Es ist heiß – kun (havo) issiq.

Download 343.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling