Talabalarning mustaqil ta’limini o‘zlashtirish uchun o‘quv- uslubiy qo‘llanma Karschi 2014 So‘z turkumlari


Download 343.4 Kb.
bet24/122
Sana09.06.2023
Hajmi343.4 Kb.
#1474696
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   122
Bog'liq
Talabalarning mustaqil ta’limini o‘zlashtirish uchun o‘quv- uslu

So‘roq olmoshlari
( Die Interrogativpronomen)

So‘roq olmoshlari predmet, uning belgisi yoki son haqidagi so‘roqni anglatadi.So‘roq olmoshlariga quyidagilar kiradi:



wer ?

kim ?

was ?

nima ?

welcher(welche, welches)

qanday, qanaqa, qaysi ?

was für ein (was für eine, was für ein) ?

qanday, qanaqa ?

So‘roq olmoshlari turlanish va qo‘llanish jihatdan bir-biridan farq qiladi.Wer,was so‘roq olmoshlari faqat predmet haqidagi so‘roqni anglatadi.Wer so‘roq olmoshi shaxslar uchun, was esa hayvon, qushlar, hashorat, va jonsiz predmetlar uchun qo‘llanadi.Ular faqat birlik formasida kela oladi.Was olmoshi ba‘zan shaxs haqidagi so‘roqni ham anglatadi.Bunda u shaxsning kasbi, mashg‘ulotini ifodalab keladi: Mein Vater ist Lehrer-Was ist dein Vater?


Wer, was so‘roq olmoshlari rodni anglatmaydi, ko‘plik formasiga ham ega emas ular quyidagicha turlanadi.



N

Wer ? (kim ?)

Was (nima?)

G

Wessen ? (kimning?,nimaning?)

___

D

Wem ?

___



Akk

Wen ? (kimni ?)

Was ? (nimani ?)



Wer?,Was? Olmoshlaridan keyin fe’l kesim doim III shaxs birligida ishlatiladi.
Nemis tilida was olmoshi o‘zbek tilidagidek nima olmoshining bilan ko‘makchisi orqali qo‘llanmay, ya’ni mit was deb ishlatilmay ,balki, womit, wofür holida qo‘llanadi: Womit beschäftigst du dich? – Sen nima bilan shug‘ullanyapsan ?
wer? was olmoshlaridan keyin fe’l kesim hamma vaqt III shaxs birligida ishlatiladi:
Wer lernt? – Kim o‘qiyapti?
Was steht hier? – Bu yerda nima turibdi?
So‘roq olmoshlaridan welcher (welche,welches, welche) (qaysi) hamda was für ein (was für eine, was für ein, was für) (qanday) predmet belgisini aniqlash uchun qo‘llanadi.Welcher so‘roq olmoshi bir turdagi predmetlardan birini ajratib ko‘rsatadi, was für ein esa ajratib ko‘rsatilgan predmetning belgisini, xususuyatini, sifatini bildiradi, uni aniqlashtiradi.
In welcher Hochschule studieren Sie?

Download 343.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling