Talabalarning mustaqil ta’limini o‘zlashtirish uchun o‘quv- uslubiy qo‘llanma Karschi 2014 So‘z turkumlari


Download 343.4 Kb.
bet17/122
Sana09.06.2023
Hajmi343.4 Kb.
#1474696
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   122
Bog'liq
Talabalarning mustaqil ta’limini o‘zlashtirish uchun o‘quv- uslu

Turlanish jadvali

N.

der Iran

der Rhein

die Turkei

G.

des Iran(s)

des Rhein(s)

der Turkei

D.

demIran

dem Rhein

der Turkei

Akk

den Iran

den Rhein

die Turkei



Qo‘shma otlar
( Die zusammengesetzten Substantive)

Qo‘shma otlar ikki yoki undan ortiq otning o‘zaro birikuvidan hosil bo‘ladi


Qo‘shma otlarning rodi birinchi otning rodi bilan emas , balki ikkinchi otning rodi bilan keladi. das Land + die Karte =die Landkarte
der Brief + die Marke = die Briefmarke
Qo‘shma otlar tuzilishiga ko‘ra ikkiga: bog‘lovchili va bog‘lovchisiz bog‘langan qo‘shma otlarga bo‘linadi.
Bog‘lovchisiz bog‘langan qo‘shma otlarda ikki yoki undan ortiq so‘z o‘zaro bog‘lovchi elementisiz birikadi:
der Vater + das Land = das Vaterland
das Haus + die Aufgabe=die Hausaufgabe
das Labor + die Arbeit=die Laborarbeit
Bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma otlar o‘zaro -e(e)s, -er, -(e)n kabi bog‘lovchi elementlari orqali bog‘lanib keladi.
die Klasse + das Zimmer = das Klassenzimmer
der Tag + das Licht = das Tageslicht
ARTIKL
( DER ARTIKEL )

Artikl ot bilan qo‘llanilib, undan oldin keladi va uning rodini, sonini, kelishigini belgilaydi;der Garten – mujskiy rod, birlik, Nominativ; die Schule – jenskiy rod, birlik, Nominativ; den Betten – sredniy rod, ko‘plik, Dativ. Artikl o‘zbek tiliga mustaqil tarjima qilinmaydi.


Nemis tilida artikllar ikki xil bo‘ladi:

  1. aniq artikl (der bestimmte Artikl) der, die das, die

Birlikda:
der – mujskoy rod uchun
die – jenskiy rod uchun
das - sredniy rod uchun
Koplik:
die – har uchala rod uchun

  1. Noaniq artikl (der unbestimmte Artikl) ein, eine, ein.

Birlikda:
ein – mujskoy rod uchun
eine – jenskiy rod uchun
ein - sredniy rod uchun
Noaniq artikl ko‘plik formasiga ega emas.
Aniq artikllar tarixan ko‘rsatish olmoshlaridan, noaniq artikllar esa sondan kelib chiqqan.
Aniq va noaniq artikllar kelishiklar bo‘yicha turlanadi.Aniq va noaniq artikllar turlanish jihatdan bir - biridan farq qiladi.
Aniq artikllar ko‘rsatish olmoshlaridek turlanadi:



Kasus

Maskulina

Femininum

Neutrum

Plural

N
G.
D.
Akk.

der
des
dem
den

die
der
der
die

das
des
dem
das

Die
der
den
die


Noaniq artikllar egalik olmoshlari kabi turlanadi:

Kasus

Maskulina

Femininum

Neutrum

Plural

N.
G.
D.
Akk.

ein
eines
einem
einen

eine
einer
einer
eine

ein
eines
einem
ein

-
-
-
-

Artikl aniqlik va noaniqlik ma’nolarini ham ifodalaydi. Noaniqlik tushunchasi noaniq artikl bilan, aniqlik tushunchasi esa aniq artikl bilan ifoda etiladi.




Noaniq artiklning qo‘llanilishi
(Der Gebrauch des unbestimmten Artikels)

Noaniq artikl quyidagi hollarda qo‘llaniladi:



1.Agar narsa-predmet so‘zlovchiga noma’lum bo‘lib, u haqida birinchi marta gapirilsa
Im Zimmer stand ein Tisch.
2.Ot kesim bo‘lgan funksiyada
Das ist ein Haus.
3.Haben, brauchen fe’llari va es gibt iborasidan keyin noaniq artikl Akkuzativda keladi.
Ich habe einen Bruder.Es gibt hier einen See.
4.Solcher, welcher, jeder kabi olmoshlar aniqlovchi bo‘lib kelganida: solch ein, ein solcher, welch ein, ein jeder
An solch ein ewiges Weiterleben glaubte auch ich.
5.Ikki predmet bir-biriga taqqoslanganda, wie (dek) so‘zidan keyin
Er spricht wie ein Italiener.

6.Prediketiv bo‘lib kelgan ot oldidan, bunda sifat aralash turlanadi


Er liest ein interessantes Buch.

Aniq artiklning qo‘llanilishi
(Der Gebrauch des unbestimmten Artikls)

Aniq artikl quyidagi hollarda qo‘llanadi:



  1. Narsa –predmet aniq, ma’lum bo‘lib, u haqda bundan oldin gapirilgan bo‘lsa

Dort liegt ein Buch.Das Buch ist interessant.

  1. Narsa – predmetning aniqligi kontekstdan bilinib tursa

Der Baum vor dem Haus ist schattig.

  1. Kishi tana a’zolari va kiyimlarining nomlari oldidan

Er zog den Mantel an und setzte den Hut auf.

  1. Tabiatda yagona holda uchraydigan predmet nomlari oldidan

die Erde, der Himmel,der Mond ,die Sonne
Er betrachtet den Mond.

  1. Hafta kunlari, oy va yil fasllari oldidan

Heute ist der Montag.

  1. Tartib sonlardan oldin

Der achte Dezember ist der Verfassungstag.

  1. Ot oldidagi sifat orttirma darajada bo‘lsa

Er ist der beste Hörer.

  1. Gapda qaratqich aniqlovchi qo‘llanganda

Das Heft des Lehrers steht auf dem Tisch.

  1. Aniqlovchi bilan kelgan sredniy rodga tegishli davlat va shahar nomlari oldidan

Das große Taschkent ist die Hauptstadt der Republik Usbekistan

  1. Aniqlovchi aniqlanmishdan keyin kelganda:

Das Bild an der Wand ist nicht alt.


Download 343.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling