Talabalarning mustaqil ta’limini o‘zlashtirish uchun o‘quv- uslubiy qo‘llanma Karschi 2014 So‘z turkumlari
Download 343.4 Kb.
|
Talabalarning mustaqil ta’limini o‘zlashtirish uchun o‘quv- uslu
(Die unregelmäßigen Verben)
Fe’lning asosiy formasini yasashda tuslanish sistemasidagi umumiy qoidadan tashqari yasaluvchi fe’llar noto‘g‘ri tuslanadigan fe’llar deyiladi.Bu fe’llarda uch asosiy formaning yasalishi kuchli va kuchsiz fe’llarga sira o‘xshamaydi.Bular sein, haben, werden, stehen, gehen, tun, bringen fe’llari bo‘lib , ularning uch asosiy formasi quyidagicha:
Fe’l zamon formalari (Die Zeitformen des Verbs) Hozirgi nemis tilida zamon formasi mavjud bo‘lib, ulardan ikkitasi (Präsenz, Präterit) sintetik forma va to‘rttasi (Perfekt, Plusquamperfekt , Futur I, Futur II ) analitik formadir. Harakatning bajarilish vaqti maxsus fe’l formalari yordamida ifodalanadi.So‘zlar yordamida harakatning aniq bajarilish vaqti ko‘rsatiladi.Fe‘l formalarida esa harakatning bajarilish vaqti nutq momentiga nisbatan belgilanadi: Er ist gestern gekommen. – U kecha keldi.Er arbeitet. – U ishlayapti. Aniqlik mayli (indikativ) dagi fe’lda harakatning nutq momentiga munosabati bevosita ifodalanadi. Prezensning yasalishi (Die Bildung des Präsens) Hozirgi zamon fe’lning sodda zamon formasi bo‘lib, u ish harakatning hozirgi yoki hozirgi – kelasi zamonda bo‘lishini ifodalaydi.Fe’llar nemis tilida ikki katta guruhga bo‘linadi: kuchsiz fe’llar va kuchli fe’llar. Presensni yasash uchun fe’lning noaniq formasidagi – (e) n (moq) qo‘shimchasi olib tashlanadi, fe’l o‘zagiga shaxs-son qo‘shimchalari qo‘shiladi.Shaxs-son qo‘shimchalari to‘rt xil ko‘rinishga ega: I shaxs birlik uchun –e, II shaxs birlik uchun –(e)st, III shaxs birlik va II shaxs ko‘plik uchun –(e)t, I va III shaxs ko‘plik uchun –(e)n. 1. Kuchsiz fe’llar presensda o‘zagini o‘zgartirmaydi, ammo –e,-a, -o unlilari va -au diftongi bo‘lgan kuchli fe’llar o‘zagini o‘zgartiradi, ya’ni –e- ,-i- ga, -a-, -ä- ga , -o-, -ö- ga, -au-, -äu- (Umlautga) o‘zgaradi. Kuchsiz fe’llarning hozirgi zamonda tuslanishi:
O‘zagi –t,-d,-tm,-dm,-chn,-ffn,-gn bilan tugagan kuchsiz fe’llar II va III shaxs birlikda va II shaxs ko‘plikda shaxs son qo‘shimchasidan oldin –e qo‘shimchasini oladi.
Agar fe’l o‘zagi -s,- ß, - ss, - z, - tz bilan tugasa II shaxs birlikdagi –st qo‘shimchasidagi –s qo‘shimchasini olmaydi, ya’ni 2. va 3. shaxs birlikga presensda faqat –t qo‘shimchasini oladi:
Agar fe’lning infinitiv formasi –eln suffiksi bilan tugagan bo‘lsa, 1. shaxs birlikda o‘zakdagi – e tushirib qoldiradi:
2. Kuchli fe’llardan hozirgi zamon formasi yasalganda birlikda o‘zakdagi unlisini o‘zgartiradi a) Fe’l o‘zagida a, o, u unlisi va au diftonggi bo‘lsa II va III shaxs birlikda umlaut qabul qiladi. b) Fe’l o‘zagida e unlisi bo‘lsa II va III shaxs birlikda qisqa i yoki cho‘ziq ie ga o‘zgaradi.
3. O‘zagida –t, -d bilan tugagan kuchli fe’llar II va III shaxs birlikda –e qo‘shimchasini olmaydi.
Kommen, gehen, stehen, genesen und heben kabi fe’llar o‘zagini o‘zgartirmaydi: ich komme, du kommst, ich hebe, du hebst. Presenzsda umlautga ega bo’la oladigan kuchsiz fe’llar prezensda kuchsiz fe’llardek tuslanadi. Yordamchi fe’llarga haben,sein, werden fe’llari kiradi. Yordamchi fe’llarning presenzda tuslanishi quyidagicha bo‘ladi: Haben fe’li II va III shaxs birlikda o‘zagidagi b harfini tushirib qoldiradi, sein fe’li supletiv yo‘l bilan, ya’ni boshqa o‘zak olish bilan tuslanadi, werden fe’li tuslanganda II shaxs birlikda o‘zagidagi d undoshi tushib qoladi.
Imperfektning yasalishi ( Die Bildung des Imperfekts) Imperfekt o‘tgan zamon hikoya formasi bo‘lib, fe’l imperfektda tuslanganda I va III shaxs birlikda shaxs-son qo‘shimchasini qabul qilmaydi, qolgan shaxslarda esa presensning shaxs-son qo‘shimchalarini oladi.
Kuchsiz fe’llarning va haben yordamchi fe’lining preteritumda tuslanishi:
Kuchli fe’llar preteritumda o‘zagini o‘zgartiradi va quyidagi qo‘shimchani oladi:
Download 343.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling