Talabalarning mustaqil ta’limini o‘zlashtirish uchun o‘quv- uslubiy qo‘llanma Karschi 2014 So‘z turkumlari


Download 343.4 Kb.
bet78/122
Sana09.06.2023
Hajmi343.4 Kb.
#1474696
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   122
Bog'liq
Talabalarning mustaqil ta’limini o‘zlashtirish uchun o‘quv- uslu

O‘RIN ERGASH GAPLI QO‘SHMA GAP
( DER LOKALSATZ)

O‘rin ergash gap bosh gapga nisbatan o‘rin holi vazifasini bajaradi va bosh gapdagi ish harakatning bajarish o‘rnini yoki u yo‘nalgan tomonni ko‘rsatadi. O‘rin ergash gap wo? (qayerda?), wohin? (qayerga?),woher?,(qayerdan) so‘roqlariga javob bo‘ladi.


Man baut neue Kanäle da, wo es wenig Wasser gibt .
Wo baut man neue Kanäle?
O‘rniga ko‘ra o‘rin ergash gap bosh gapdan oldin, undan keyin yoki uning o‘rtasida kelishi mumkin.
Wo eine gute Disziplin ist,da geht die Arbeit gut.
Wo geht die Arbeit gut?
Qaerda intizom yaxshi bo‘lsa,u yerda ish yaxshi bo‘ladi.
O‘rin ergash gap bosh gapga bog‘lanish usuliga ko‘ra ko‘pincha nisbiy bo‘ladi.
Er wollte dort wohnen, wo seine Eltern arbeiten.
Asosan o‘rin ergash gap bosh gapga woher, wohin, wo kabi nisbiy ravishlar bilan birikadi. Bunda bosh gap sostavida ba’zan da, dahin, daher, dort, dorthin kabi o‘rin ravishlari korrelat sifatida qo‘llanadi. Lekin ularning bosh gapda qo‘llanishi doimiy emas.
Ich fahre dahin, wohin dein Bruder fährt. ( Wohin fahre ich ?)
Men akang boradigan joyga boraman.


PAYT ERGASH GAPLI QOSHMA GAP
( DER TEMPORALSATZ)

Nemis tilida payt ergash gap bosh gapga nisbatan payt holi va ish harakatning paytini, ya’ni uning boshlanishi, tugashi va takrorlanishini bildiradi. Payt ergash gap wann? (qachon?), seit wann ?(qachondan beri ?), bis wann? (qachongacha?), wie lange? (qancha vaqt, qancha vaqtdan beri ?), wie oft? (qanchalik tez ?) kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi.


Ich bleibe mit dir, bis er kommt (I.W.Goethe)
Bis wann bleibe ich mit dir?
Payt ergash gap bosh gapdan oldin, keyin yoki uning o‘rtasida kelishi mumkin.
Als ich ein Kind war, lebten in Istanbul vierhunderttausend Menschen. (Emina Sevgi Özdamar. Mein Istanbul )
Bolaligimda Istanbulda 400.000 odam yashardi.
Payt ergash gap bosh gapga bog‘lanish usuliga ko‘ra bog‘lovchili bo‘ladi. Bunda u bosh gapga während, indessen, indes, wobei, indem, solange, sooft, nachdem, seitdem, seit, sobald, kaum daß, ehe, bevor, bis, als, wenn, da, wie kabi ergashtiruvchi bog‘lovchilar bilan bog‘lanadi.
Als die Stunde zu Ende war,gingen die Schüler nach Hause.
(Wann gingen die Schüler nach Hause?)
Dars tamom bo‘lgach, o‘quvchilar uyga ketdi.
Payt ergash gapdagi voqea-hodisa, ish –harakat bosh gapdagi ish harakat bilan bir vaqtda amalga oshganda ergash gap während,indes,indessen, indem,wobei,solange,sooft kabi bog‘lovchilar bilan bosh gapga bog‘lanib keladi.

Download 343.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling