Ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz


maydoncha markazida joylashuv o‘yin jarayonidagi gavda holatlarining eng asosiysi hisoblanadi


Download 1.34 Mb.
bet23/26
Sana23.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1651169
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Murod Abdukarimov - ilmiy ish 2023

maydoncha markazida joylashuv o‘yin jarayonidagi gavda holatlarining eng asosiysi hisoblanadi.


Bunday joylashuv dastlabki holat bo‘lib, sportchi o‘yin paytida maydoncha bo‘ylab harakatlarini undan boshlaydi. Gavdaning bu holati quyidagicha bo'ladi: badmintonchining oyoqlari salgina bukilgan, yelkalar to‘rga parallel joylashgan,
tana salgina oldinga egilgan, raketkani ushlagan qo‘l ko'krak oldida. Og‘irlik markazi har ikkala oyoqqa birdek tashlanadi va ulaming tovonlari salgina ko‘tarilgan bo‘ladi. Hujum zarbasini qaytarish paytida sportchi gavda holatini biroz o‘zgartiradi. Zarba paytida oyoqlar odatdagidan ko‘proq bukiladi, raketkani ushlagan qo‘l belgacha tushiriladi va sportchi pastki gavda holatiga o‘tadi.
O‘yin jarayonidagi gavda holatlari doimiy bo‘lmaydi. Ular maydonchadagi vaziyat o'zgarishiga mos tarzda o‘zgarib turadi. Amaliyotning ko‘rsatishicha, o‘yin paytida sportchi hech qachon bitta holatda qotib turmaydi, balki o‘yinda yuzaga keladigan har qanday vaziyat va holatga tayyor turish va o‘z vaqtida samarali usul qo‘llash uchun turlicha badminton gavda holatlarini qo£llagan holda doimiy harakatda bo‘ladi.
Oshirish - volanni o‘yinga kiritish bilan bog'liq texnik element hisoblanadi. Volanni o‘ynash natijasi, qolaversa, partiyaning natijasi ham ko‘p jihatdan volanni to‘g‘ri va samarali oshirishgabog‘liq bo‘Iadi. Oshirish — badmintondagi raqib ta’sir ko‘rsata olmaydigan yagona zarba hisoblanadi. Undan ham texnik, ham taktik jihatdan to‘g‘ri foydalanish kerak. Mahoratli o‘yinchi birinchi zarbadanoq raqibni noqulay vaziyatga tushirib qo‘yishga, hatto ochko yutib olishga harakat qiladi.
Badmintondagi volanni oshirishning asosiy turlari 20-rasmda ko'rsatilgan. Rasmdagi 3- va 4-oshirishlar yakkalik o‘yinlari uchun tasvirlangan, ammo agar juftlik oshirishni qaytarish kvadrati ichiga tushirilsa, undan juftlik bahslarida ham tez-tez va samarali foydalanish mumkin.


  1. rasm. Badrnintondagi volanni oshirishning asosiy turlari: 1 - qisqa, yoki past, 2 — baland hujumkor, 3 -yassi, 4 - baland-olis.

Har bir partiya oshirishning o‘ng maydonidan volanni oshirish biiari boshlanadi. Zarba berish paytida raketka faqat oldinga harakatlanishi, volan esa diagonal bo‘yicha yo'naltirilib, raqibning tegishli oshirish maydoni chegarasiga tushishi kerak. Zarba berish paytida volan oshiruvchining belidan pastda bo‘lishi, raketkaning sterjeni esa pastga egilgan bo‘lishi zarur. Raqib tayyor bo‘lmasidan volanni oshirish mumkin emas. Raqib ma’lum o‘rinni egallab, o‘z maydonida qimirlamasdan turganda o‘yinga tayyor hisoblanadi.
Volanni oshiruvchi va uni qabul qiluvchi o'yinchilar o‘zlarining diagonal bo‘yicha joylashgan, oshirishning yaqin va olis chiziqlari, markaziy va yon chiziqlari bilan chegaralangan oshirish maydonlaridan ana shu chiziqlarni bosmagan holda joy olishlari kerak.
Volanni oshirishda volanga zarba berilmasdan turib, uni oshiruvchi o‘yinchi ham, qabul qiluvchi sportchi ham (shuningdek, juftlik bahslarida ulaming sheriklari ham) egallagan o‘rinlaridan siljishlari, oyoqlarini maydonchadan uzishlari mumkin emas (oyoq kaftining bir qismining ko‘tarilishi qoidabuzarlik hisoblanmaydi). Volan oshirilgandan keyin uni oshiruvchi ham, qaibul qiluvchi sportchi ham, shuningdek, juftlik bahslarida ularning sheriklari ham o‘z maydonchalarida, chegaralovchi chiziqlardan qat’i nazar, istalgan joyni egallashlari mumkin.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling