Ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz


Download 1.34 Mb.
bet24/26
Sana23.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1651169
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Murod Abdukarimov - ilmiy ish 2023

Volanni oshirishdagi xatolar. Volanni oshirish jarayonida quyidagi holatlarda xatoga yo‘l qo‘yilgan hisoblanadi:

    • volanga zarba berish paytida raketkaning sterjeni pastga egilmagan bo‘lsa (22-rasm);



  1. rasm. Volanni oshirish chog‘ida raketka sterjenining holati: a, b - noto‘g‘ri,

d —to‘g ‘ri.

  • volan to‘rdan uchib o‘tsa ham, oshirish maydoni chegarasiga tushmagan bo‘lsa;

  • volan to‘rdan uchib o‘tmagan yoki begona predmetlarga tekkan bo‘lsa (chiziqning ustiga tushgan volan maydonchaga tush gan hisoblanadi);

  • oshiruvchi aldamchi harakat qilsa, bir soniyaga oshirishni to'xtatib, qabul qiluvchini qimirlashga majbur etib, keiyn zarba bergan bo‘lsa;

  • oshiruvchi yoki qabul qiluvchi sportchi o‘z foydasini ko‘zlab, oshirish (qabul qilish)ga tayyorgarlikni ataylab cho‘zib yuborsa.

Yakkalik bahslarida aksariyat zarbalar, hatto past va yassilari ham, raketkaning ochiq tomoni bilan beriladi. Oshirishni amalga oshirish joyi maydonchaning o'rta chizig‘iga yaqinroqdan, oshirishning oldingi chizig'idan 0,1-1,0 m masofada tanlanadi.
Juftlik bahslarida oshirishning eng samaraii va qulay joyi oshirishning oldirtgi chizig‘iga imkon qadar yaqin joylashish hisoblanadi. Oshirishning o‘zi esa, asosan raketkaning yopiq tomoni bilan amalga oshiriladi.
Yakkalik bahslarida ham, juftlik bahslarida ham odatda volan gavdani tik tutgan hoiatda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, juftlik bahslarida volanni oshiruvchi sportchi ko‘pincha oyog‘ining uchiga ko‘tariladi. Bu volanning uchish
vaqtini qisqartirish, o‘z navbatida, raqibning zarbani faol qaytarishga tayyorlanish vaqtini kamaytirish imkonini beradi.
Har qanday vaziyatda ham volanni zarbani qabul qilish maydonining raqib turgan joydan uzoqroqda boigan nuqtasiga oshirishga harakat qilish kerak. Raqibning harakatlanish uchun ko‘rayotgan har qanday tayyorgarligini oldindan his qilgan holda kutilmaganda qarama-qarshi tomonga oshirish zarur. Ammo, badminton qoidalariga ko‘ra, volanni oshirishda raketka yordamida aldamchi harakatlar qilishga yo‘l qo'yilmasligini ham unutmaslik lozim.
Volanni oshirish paytida, agar raqib uni qabul qilishga hali tayyor bo‘lmasa, u chap qo‘lini kafti raqibi tomonga ochiq hoiatda baland ko'taradi. Bu holatda to volanni qabul qiluvchi tomon chap qo‘lini pastga tushirmaguncha volan oshirilmaydi. Ammo, shu bilan birga, ushbu o‘yinchi musobaqa reglamenti va qoidalariga qat’iy rioya etishi, tayyorgarlik ko‘rish va volanni oshirish uchun ajratilgan vaqt chegarasidan chiqib ketmasligi zarur.
Hali volanni qabul qilishga tayyor boimagan raqibga uni xato oshirish yoki oshirishni ataylab, o‘yinda ustunlikka ega boiish inaqsadida cho‘zib yuborish badminton qoidalari hamda badmintonchi axloq kodeksiga zid hisoblanadi.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling