Ta’lim muassasalarida sport ishlarida sport turlaridan sport mahoratini oshirish mashg’ulotlarini rejalashtirish


Download 39.09 Kb.
bet3/7
Sana07.03.2023
Hajmi39.09 Kb.
#1245697
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TA’LIM MUASSASALARIDA SPORT ISHLARIDA SPORT TURLARIDAN SPORT MAHORATINI OSHIRISH MASHG’ULOTLARINI REJALASHTIRISH

Bitiruv malakaviy ishlari muaxasislik fanlari bo‘yicha barcha talabalar yozish shart bo‘ladi. Talabalar oliy o‘quv yurtini tamomlayotganlarida tanlangan maxsus kurslari yuzasidan ilmiy-tadqiqot olib boradilar. Ular shu soha bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan adabiyotlarni ishlab chiqib, o‘z ishlarining boshqa ishlardan farqini, uning ishlab chiqarishga keltiradigan foydasini ko‘rsata
bilishlari kerak. Bitiruv malakaviy ishi o‘qituvchi rahbarligida yoziladi. Bitiruv malakaviy ishlarining hajmi fanlar va mavzularga qarab, belgilanadi.
Talabalar tomonidan bajariladigan bitiruv malakaviy ishlari haqiqiy ilmiy ishlarning boshlanishidir. Bu munozarani talab etmaydi. Bitiruv malakaviy ishi talabaga ilmiy izlanish, ma’lum muammolarni o‘rganish va uning mohiyatini tahlil qilishda yordam beradi. Zotan, talabalar o‘qish jarayonida ma’lum doirada ilmiy-tekshirish ishlari olib borgan bo‘ladilar. Talabalarning ilmiy ishlari talabalar ilmiy jamiyatlari anjumanida tinglanadi, muhokama qilinadi, baholanadi. Bu jarayon talabaning ilmiy qobiliyatini charxlab boradi.
Mutaxassis bajargan Bitiruv malakaviy ish mavzusi uning magistrlik ishi bo‘lib davom ettirilishi mumkin.
Reyting nazorati, maslahat, yozma ishlar nazorati ham o‘qitish jarayonining ajralmas tarkibiy qismlaridir. Ularning har biri o‘ziga xos tomonlari bilan ajralib turadi.
Talabalarga ma’ruza o‘qishda, amaliy tajriba mashg‘ulotlarini o‘tkazishda, seminarlar tashkil etishda, fanlar bo‘yicha “tayanch ibora” yozma ishlari yozishda, kurs va bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilishda Oliy ta’lim Kadrlar tayyorlash Davlat standartilari ham nazariy, ham amaliy jihatdan to‘la amal qilingan holda ish ko‘riladi.

  1. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari kasbiy tayyorgarliklarini tashkil etish.

Ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya dasturi asosida jismoniy tarbiya o‘qituvchilari jamoasi jismoniy tarbiya darslarining yillik rejasini ishlab chiqadilar. Jismoniy tarbiya darslari yillik rejasi har bir ta’lim bosqichi uchun alohida tuziladi. Boshlang‘ich sinflar uchun alohida, o‘rta sinflar uchun alohida va yuqori sinflar uchun alohida reja tuzilib, reja mazmunini talabalar yoshi va jismoniy rivojlanishi hamda qiziqishlariga muvofiq sport turlari tashkil etadi. Boshlang‘ich sinflarda asosan harakatli o‘yinlar va gimnastika mashg‘ulotlari bo‘lsa, o‘rta sinflarda sport o‘yinlari va engil atletika mashqlardan foydalaniladi, yuqori sinflarda esa sport o‘yinlari bilan birga kurash va suzish mashg‘ulotlari qo‘llaniladi. Yillik rejaga asosan chorak rejalari tuzilib, chorak rejalar mazmunini shu chorakda o‘tiladigan o‘quv materiallari tashkil etadi. Chorak rejalarga muvofiq dars rejalari tuzilib, har bir darsda o‘òiladigan o‘quv mashg‘ulotlari mazmuni yoritiladi. Dars rejalariga muvofiq dars bayonlari yoziladi. Dars bayonlarida har bir darsdagi o‘quv materiallari keng yoritiladi va uslubiy tavsiyalar, uyga vazifalar mazmuni talqin etiladi.
Jismoniy tarbiya dasturida talabalarni yosh xususiyatlari hamda jins xususiyatlarini hisobga olgan holda jismoniy tayyorgarlik va jismoniy rivojlanish darajalarini nazorat qilish me’yorlari beriladi, nazorat darslari xar bir chorak so‘ngida o‘tkaziladi. Ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya dasturida jismoniy tarbiyadan talabalar kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlari hamda sinfdan tashqari ishlarda jismoniy madaniyat, umumiy jismoniy tayyorgarlik va sport to‘garaklari ish faoliyati maqsadi va vazifasi hamda mazmuni ham keng yoritiladi.
Jismoniy tarbiya nazariy ma’lumotlarning vazifasi talabalarga jismoniy madaniyat va sport soxasida zarur bilimlarni berish, jismoniy mashqlar ahamiyatini tushuntirish, gigienik qoidalarni o‘rgatish va ularni qo‘llay olish malakasini berish. Ta’lim muassasalari talabalarning harakat rejimi bolalarning sog‘ligini saqlash va mustahkamlashda, xar tomonlama jismoniy rivojlanishda faol harakat rejimi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Jismoniy mashqlardan oqilona foydalanish ta’sirida inson muskullari kuchli, chaqqon, aniq harakatli bo‘ladi, butun organizm esa tashqi muhitning har xil ta’siriga yaxshi moslashadi. Bolaning yoshiga xos tabiiy harakat ehtiyojini, katta harakat faolligini rag‘batlantirish va to‘g‘ri yo‘lga solish, harakat tartibini yaratishi lozim. Jismoniy mashg‘ulotlarning gigienik qoidalari - har qanday jismoniy mashg‘ulot sanitariya-gigiena talablariga rioya qilingan holda o‘tkazishi kerak. Bu talablar quyidagilar: mashg‘ulotlar joyining gigienik jihatdan mos bo‘lishi, tegishli jihozlar, inventar, maxsus ust-bosh va oyoq kiyimning mavjudligi.

Download 39.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling