Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari arxiv uz


Download 212.94 Kb.
bet7/10
Sana26.03.2023
Hajmi212.94 Kb.
#1296384
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari

Ta’limda o’quv faoliyatini yaxlit shakllantirish tamoyili- ta’lim oluvchilarning diqqatini boshqarish, ularga bajariladigan ishlarni tushuntirish, zaruriy ehtiyoj-motivatsion holatlarni faollashtarish, faoliyatga yordam berish, tuzatish kiritish jarayoni va ta’lim oluvchilar o’quv faoliyatining natijasini baholash jarayoni.

  • Ta’limni ilmiy asosda tashkil etish tamoyili-ta’lim oluvchilardagi o’qitish ishlarini faollashtiradigan, ongini o’stiradigan, ularni mustaqil bilim olishga yo’naltiradigan usullarga o’rgatadi hamda pedagogik, texnik atamalardan to’g’ri foydalanishga odatlantiradi;

  • Ta’limning ko’rgazmalilik tamoyili - bu o’rganilayotgan hodisa va voqealarni jonli idrok etish asosida o’zlashtirishni ko’zda tutadi. Bu tamoyil o’quv materialini aniq obrazlar orqali bevosita idrok qilishni ta’minlaydi. Ta’lim jarayonida ko’rgazmali vositalardan

    to’g’ri foydalanish tinglovchilarning pedagogika, psixologiya, tarbiyaviy ishlar metodikasi, o’qitish uslubiyati va texnikaga oid fanlarni puxta o’zlashtirib olishga, ularda malaka hosil bo’lishiga yordam beradi. Agar, ko’rgazmali qurol biror fikrni bildirish uchun yordamchi vosita bo’lsa, nutq asosiy qurol hisoblanadi.
    Ko’rgazmali qurol kuzatishni rivojlantirish uchun qo’llanilsa, nutq qisqa bo’lib kuzatishning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan bo’ladi.
    Demak, ta’limning ko’rgazmalilik tamoyili-bu ta’lim jarayonidagi sifatni ta’lim oshirishga, tinglovchilarning bilim olishlarini osonlashtirishga (oydinlashtirishga) qaratilgan faoliyat bo’lib, unda tinglovchilardagi o’rganilayotgan jarayonlarni (narsa va hodisalarni) bevosita hissiy-amaliy jihatdan idrok qilish asosida bilimlarni ongli ravishda o’zlashtirish jarayoniga asosiy e’tibor qaratiladi.


    3.Ta’limning mazmunli va tashkiliy-metodik tamoyillari.



    Download 212.94 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling