Foydalaniladigan adabiyotlar:
Asosiy adabiyotlar
1.Hamrayev M.,Muhamedova D.,Shodmonqulova D.,G‘ulomova X.,Yo‘ldosheva Sh. Ona tili. Toshkent, “Moliya-Iqtisod” 2007-yil. -300 bet.
2. Ikromova R., Muhamedova D., Hamrayev M.Ona tilidan mashqlar to‘plami. TDPU, Toshkent, 2009. -240 bet.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1.Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.-Toshkent: “O`zbekiston” – 2016. 56 B.
2.Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz.-Toshkent: “O`zbekiston” – 2016. 488 B.
3. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 2005, “Talqin” nashriyoti
4. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. 2006,“Universitet” nashriyoti.
5. Yunusov R. O‘zbek tilidan praktikum. 1-qism, 2006, TDPU.
Elektron ta’lim resurslari
1. www.tdpu.uz
2.www.pedagog.uz
3.www.Ziyonet.uz
4.www.edu.uz
5. tdpu-INTRANET.Ped
5.www.Google.uz
14-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Olmoshningma’noturlarinianiqlash yuzasidanmashqlarvatestlar.
Reja:
Olmoshning grammatik ma’nosi.
Olmoshning tuzilish jihatdan turlari.
Olmoshning ma’no turlari yuzasidan mashqlar.
Mavzu bayoni: Prеdmеt yoki uning biror bеlgisiga nom bo`lmay, prеdmеt yoki bеlgi tushunchasining mavjudligini ko`rsatadigan mustaqil so`zlar turkumi olmosh dеyiladi. Olmoshlar nutqda ot, sifat, son o`rnida kеladi va gapda ularga xos vazifani bajaradi.
Olmoshni boshqa turkumdagi so`zlardan ajratuvchi asosiy bеlgi uning ma’no xususiyatidagi mavhumlik va umumiylikdir. Olmoshlar boshqa turkumdagi so`zlardan yasalmasligi jihatidan songa o`xshaydi.
Olmoshlar ma’nosiga ko`ra yetti turga bo`linadi: kishilik olmoshlari, ko`rsatish olmoshlari, o`zlik olmoshlari, so`roq olmoshlari, bеlgilash olmoshlari, bo`lishsizlik olmoshlari, gumon olmoshlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |