Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi
SAVOL-JAVOB ORQALI BILIMNI MUSTAHKAMLASH
Download 4.13 Mb.
|
МТ Она тили
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu yuzasidan testlar.
- Uyga vazifa: 1-topshiriq.
- 2-topshiriq.
SAVOL-JAVOB ORQALI BILIMNI MUSTAHKAMLASH
1. Son so`z turkumi deb nimaga aytiladi? 2. Sonlarning ma`no turlarini sanab bering. 3. Sonlar tuzilishiga ko`ra necha turga bo`linadi? 4. Son qo`llanishiga ko`ra qanday bo`ladi? 5. Sonlarni tahlil qilish tartibini tushuntiring. Mavzu yuzasidan testlar. 1. Hisob (numerativ) so‘zi qatnashgan gapni aniqlang. A) Ming marta shukur B) Kissasida bir miri ham yo‘q. C) Bir guruh yoshlar safarga otlandilar. D) A,B,C. 2. Butunning qismini hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so‘zlar berilgan qatorni toping. A) nafar, bosh, nusxa B) siqim, to‘da, botmon C) chaqmoq, luqma, shingil D) shingil, quloch, kun 3. Sonning qaysi turi hisob so‘zlari bilan qo‘llanmaydi? A) dona son B) chama son C) jamlovchi son D) tartib son 4. Numerativ (hisob) so‘zlar qaysi so‘z turkumlari bilan ifodalanadi? A) son, sanoq sonlar B) sifatlar, asosan yasama sifatlar C) gumon olmoshlari bilan D) otlar bilan 5. Numerativ (hisob) so‘zlar sonlar bilan qo‘llanganda, qanday tinish belgisi qo‘yiladi? A) tire, vergul B) ikki nuqta C) nuqtali vergul D) tinish belgisi qo‘yilmaydi Uyga vazifa: 1-topshiriq. Matndagi miqdor va tartib ma'noli so‘zlarni topib, ularni qancha? necha? nechanchi? nechta? so‘roqlariga javob bo‘luvchi guruhlarga ajrating. O‘zi bitta, qulog‘i to‘rtta. 2. Bog‘da uchta qiz meva termoqda. 3. Oilamizda ikki o‘g‘il, ikki qiz bor. 4. qizlarning ikkalasi ham shu maktabda o‘qiydi. 5. Maktabimiz bog‘iga bu yil bir yuz o‘ttiz besh juft ko‘chat o‘tqazdik. 6. O‘n to‘rtning yarmi yetti bo‘ladi. 7. Kitob javonida yuztacha kitob tartib bilan terilgan edi. 8.Rahimning ikkinchi yil birinchi sinfda qolayotgani maktab jamoasini tashvishga solmoqda. 2-topshiriq. Matndagi son so‘zlarni topib, ularning ma'nosi, morfologik va sintaktik xususiyatlarini aniqlang. Million yillar o‘tganda ham, toshga yo‘nilgan xatlar o‘chib ketganda ham payg‘ambarimiz Muhammad salollohu alayhi vasallam musulmonlar qalbidan o‘chmaydi. 2. Madaniyat rivojining birinchi sharti tinchlikdir. 3. Bir kun tuz ichgan joyga qirq kun salom. 4. Kechki soat to‘rtlarda qoymas darvozasidan shaharga kirdilar. 5. Oyning kuni ham, tuni ham yerdagi ikki haftaga teng. 6. Mulklarning uchdan biri ham qolgan emas. 7. Yaxshi niyat - yarim davlat. 8. Agar ilgari bunday kishilar barmoq bilan sanarli bo‘lsa, hozir yuzlab, minglab topiladi. 9. qaytadan qo‘l ushlashib, Semurg‘ bilan xushlashib, Ajraldilar ikkovlon. Download 4.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling