Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


SAVOL-JAVOB ORQALI BILIMNI MUSTAHKAMLASH


Download 4.13 Mb.
bet213/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

SAVOL-JAVOB ORQALI BILIMNI MUSTAHKAMLASH

  1. Fe’l deb nimaga aytiladi?

  2. Fe’lning qanday nisbat shakllari mavjud?

3.Mayl shallari nechta?
4. Morfologik usul bilan yasaladigan fe`llarni izohlang.
5. Sintaktik usul bilan yasaladigan fe`llarni izohlang.
6. Fe’lning qanday shaxs-son shakllari bor?
Uyga vazifa:
1-topshiriq. Fe'llarni topib leksik-grammatik xususiyatlari va turini (mustaqil va yordamchi fe'l ekanligini) ayting.
Biz bir qorindan talashib chiqqan xalqlarning vakillarimiz. Bizning beshigimiz bir yerda bo‘lgan. Qozoq onasining aytgan allasiga o‘zbek bolasi ham uxlagan. O‘zbeklar tojiklar bilan bir hovlida yashaganlar. Navoiyni turkmanlar o‘zbeklarday yaxshi ko‘rar edilar, qirg‘izning to‘yi o‘zbeksiz o‘tmagan. Bizning xalqlarimiz bir-biridan qiz olib, qiz berib quda bo‘lib kelganlar. Bizning bobolarimizning qabrlari bir-biriga juda yaqin qo‘yilgan. Bizning urug‘larimiz bir-biriga chatishib ketgan. Bizning xalqlarimizni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. O‘zbek xalqining e'tiqodi –shu. (H.O.)
2-topshiriq. Quyidagi savollarga og‘zaki javob bering.
1. «Yordamchi fe'l», «ko‘makchi fe'l» atamalari ma'nosidagi farq nimada?
2. Qanday fe'llarni «ko‘makchi fe'l» deymiz?
3. Yetakchi va ko‘makchi fe'lli birikuvlar qanday nomlanadi?
Foydalaniladigan adabiyotlar:
Asosiy adabiyotlar
1.Hamrayev M.,Muhamedova D.,Shodmonqulova D.,G‘ulomova X.,Yo‘ldosheva Sh. Ona tili. Toshkent, “Moliya-Iqtisod” 2007-yil. -300 bet.
2. Ikromova R., Muhamedova D., Hamrayev M.Ona tilidan mashqlar to‘plami. TDPU, Toshkent, 2009. -240 bet.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1.Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.-Toshkent: “O`zbekiston” – 2016. 56 B.
2.Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz.-Toshkent: “O`zbekiston” – 2016. 488 B.
3. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 2005, “Talqin” nashriyoti
4. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. 2006,“Universitet” nashriyoti.
5. Yunusov R. O‘zbek tilidan praktikum. 1-qism, 2006, TDPU.

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling