Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi
SAVOL-JAVOB ORQALI BILIMNI MUSTAHKAMLASH
Download 4.13 Mb.
|
МТ Она тили
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uyga vazifa: 1-topshiriq
SAVOL-JAVOB ORQALI BILIMNI MUSTAHKAMLASH
1. Olmosh deb nimaga aytiladi? 2. Olmoshlarning ma`no turlarini sanab bering. 3. Olmoshlar tuzilishiga ko`ra necha turga bo`linadi? 4. Olmoshlarni tahlil qilish tartibini tushuntiring. Mavzu yuzasidan testlar. 1. Kishilik olmoshlariga odatda qaysi qo‘shimchalar qo‘shilib kelmaydi? A) so‘z yasovchi qo‘shimcha B) -lar qo‘shimchasi C) egalik qo‘shimchasi D) kelishik qo‘shimchasi 2. Olmoshlarning qaysi turi turlanganda tovush orttirilishi yoki tushishini kuzatish mumkin? A) o‘zlik olmoshida B) kishilik olmoshida C) ko‘rsatish olmoshida D) belgilash olmoshida 3. Uning (Xaliljonning) nechun shu holga tushib qolganligiga hamma hayron, o‘zi esa qo‘l siltaydi. Ushbu gapda olmoshning ma’no va grammatik xususiyatlariga ko‘ra qaysi turlari bor? A) belgilash, o‘zlik, kishilik, ko‘rsatish olmoshi B) ko‘rsatish, kishilik, so‘roq, belgilash olmoshi C) so‘roq, ko‘rsatish, belgilash, o‘zlik, kishilik olmoshi D) belgilash, ko‘rsatish, o‘zlik olmoshi, kishilik olmoshi 4. U ko‘rsatish olmoshi qo‘llangan gapni belgilang. A) U ko‘pchilikning fikrini allaqachon sezgan edi. B) Muattar uning shodlikdan uchqun sochib turgan ko‘zlariga qaradi. C) U uchun atagan qo‘shiqlarim bor. D) U kishi siz haqingizda juda yaxshi fikrlar aytdilar. 5. Qaysi gapdagi birov so‘zi allakim ma’nodoshi bilan almashtirish mumkin? A) Bolalardan birovi ko‘zlarini chirt yumdi. B) Bu gaplarni birov eshitmasin. C) Uzoqdan birovning qorasi ko‘rindi. D) Botirlar birov eshitmasin deb, sekin-sekin qadam bosishdi. Uyga vazifa: 1-topshiriq. Matndagi olmoshlarni topib, ularning leksik-semantik xususiyati va morfologik belgilarini, qaysi so‘z turkumi o‘rnida kelganini tushuntirib bering. 1.Vrachlik kasbi — jasorat, bu kasb fidoyilikni, qalb va fikr sofligini talab qiladi. Mening xalqim o‘z taqdirini boshqa do‘st xalqlarning taqdiri bilan mahkam bog‘lay oladi. (H. O.). Shu sahroda to‘ng‘ich o‘g‘il tug‘ildi, unga Badiuzzamon deb nom berishdi.(L. B.) Qo‘rqoqni har qanday firibgar ham xo‘rlaydi. Hyech kimning havasi kelmagan odamning holiga voy. (Esxil) Hasadguy yo o‘zi baxtsizlikka uchragani uchun yoki kimningdir omadi kelgani uchun xomush yuradi. (Bion). Qaerda qay kamchilik sezsa, uni yo‘qotish uchun yo‘l-yo‘riq ko‘rsatdi.(O.).Shunday xalq bilan qurilishda ishlash qanday yaxshi, qanday baxt!(O.).Menimcha, bu sarlavhada nimadir yetishmaydi. (A.Q.).(G‘ofir) Allaqanday gumonlar yuragimni yondirmoqda. (H.H.). Download 4.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling