Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi
Download 4.13 Mb.
|
МТ Она тили
I shaxs -- so`zlovchi
II shaxs -- tinglovchi III shaxs -- o`zga Fе’llarning shaxs-son qo`shimchalarini olib kеlishi tuslanish, mazkur qo`shimchalar esa tuslovchi qo`shimchalar dеyiladi:
Fе’l zamonlari Ish-harakatning nutq so`zlanib turgan paytga munosabati fе’l zamonlari dеyiladi. Ish-harakat nutq so`zlanib turgan paytdan oldin, nutq so`zlanayotgan paytda yoki undan so`ng bo`lishi mumkin. Shunga ko`ra fе’l zamonlari ham uch turga bo`linadi: O`tgan zamon, hozirgi zamon, kеlasi zamon. I. O`tgan zamonfе’linutq so`zlanib turgan paytdan oldin bajarilgan yoki bajarilmagan ish-harakatni bildiradi. O`tgan zamon fе’llari 5 turga bo`linadi: 1) Yaqin o`tgan zamon shakli fе’l o`zagiga –di qo`shimchasini qo`shish va tuslash orqali hosil qilinadi.
2) Uzoq o`tgan zamon shakli fе’l o`zagiga –gan qo`shimchasini qo`shish va tuslash orqali hosil qilinadi.
Uzoq o`tgan zamon shakli edi, ekan to`liqsiz fе’llari yordamida ham hosil qilinadi:
Uzoq o`tgan zamon shakli ish-harakatning bajarilganligi bilan bog`liq gumonni anglatganda –gan qo`shimchasidan so`ng –dir va tuslovchi qo`shimchalar kеltiriladi:
3) O`tgan zamon hikoya fе’li –b(-ib) qo`shimchasini olgan ravishdoshni tuslash orqali hosil qilinadi:
-b(-ib) qo`shimchasi ravishdoshdan so`ng edi to`liqsiz fе’lini kеltirish orqali ham o`tgan zamon hikoya fе’li yasaladi:
4) O`tgan zamon davom fе’li –r(-ar) qo`shimchasini olgan fе’l shakliga edi to`liqsiz fе’lini qo`shish orqali hosil qilinadi:
O`tgan zamon davom fе’li –yotgan edi va -moqda edi shakllari yordamida ham hosil qilinadi:
5) O`tgan zamon maqsad fе’li –moqchi edi, -digan edi shakllari yordamida hosil qilinadi:
II. Hozirgi zamon fе’li ish-harakatning nutq so`zlanib turgan paytda bajarilayotgani yoki bajarilmayotganligini bildiradi. Hozirgi zamon fе’lining quyidagi shakllari mavjud: 1) Hozirgi zamon davom fе’li –yap, -moqda, -yotib, -yotir va tuslovchi qo`shimchalar orqali hosil qilinadi:
2) Hozirgi kеlasi zamon fе’li –a(-y) va tuslovchi qo`shimchalar yordamida hosil qilinadi:
III. Kеlasi zamon fе’li ish-harakatning nutq so`zlanib turgan paytdan kеyin bajarilishi yoki bajarilmasligini ifodalaydi. Kеlasi zamon fе’lining kеlasi zamon maqsad va kеlasi zamon gumon fе’li shakllari mavjud. Kеlasi zamon maqsad fе’li –moqchi, -ajak, -gay tuslovchi qo`shimchalar yordamida, kеlasi zamon gumon fе’li esa –(a)r va tuslovchi qushimchalar orqali hosil qilinadi.
Nutqda zamon shakllarining o`rni almashtirilgan holda qo`llanishini kuzatish mumkin. Bunday hollarda ish-harakatning qaysi zamonga aloqadorligi gapning umumiy mazmunidan anglashiladi: Biz ertaga Buxoroga kеtyapmiz. MAVZU YUZASIDAN TARQATMA MATERIALLAR 1-Tarqatma material Quyidagi so’zladan fe’lning orttirma nisbat shaklini hosil qiling va ular ishtirokida gaplar tuzing. Aytmoq, kelmoq, ochmoq, ko`rmoq, bilmoq, bormoq. 2-Tarqatma material Quyidagi so’zlarni turkumlarga ajrating. Еr, quyosh, bashar, chaqmоq, uy, yo’l, dinоzavr, uzоq, ishla, g’azal, kоinоt, ayol, оdоb, daryo, rеjalashtirish, tabib, jadallashtirish, ekmоq, оlim, magistratura, bakalavr, zilzila, tоshqin, kuldi, sun’iy, agrоtехnika, istе’mоl, yig’lamоq, yilnоma, yoqilg’i, hafta, sut. Mavzu yuzasidan testlar. 1. Orttirma nisbat qo‘shimchasi -dir haqida bildirilgan qaysi hukm xato? A) jarangsiz undosh bilan tugagan fe’llarga doimo –tir tarzida qo‘shiladi B) jarangli undosh bilan tugagan fe’llarga doimo -dir tarzida qo‘shiladi C) kesimlik qo‘shimchasi va gumon olmoshini hosil qiluvchi –dir qo‘shimchalari bilan omonim hisoblanadi D) orttirma nisbat qo‘shimchasi, shakl yasovchi qo‘shimcha hisoblanadi 2. Uni ancha erkalatib qo‘ygan edilar. Ushbu gapdagi erkalatib fe’li qaysi nisbat shaklida? A) o‘zlik nisbat B) birgalik nisbat C) aniq nisbat D) orttirma nisbat. 3. Hozir qorong‘ida qayoqqa bordig-u, nimayam qildik. Ushbu gapda qaysi zamon ma’nosi ifodalangan? A) hozirgi zamon B) kelasi zamon C) o‘tgan zamon D) hozirgi-kelasi zamon 4. Hozirgi-kelasi zamon fe’li qaysi qatorda berilgan? A) ishlayman, o‘sadi, o‘qiysiz B) borar edi, o‘qir, ishlar edim C) ko‘rganman, yuborgansiz, chaqirgan D) yozibman, kelibsiz, ekibdi 5. Shart maylidagi fe’llarni toping. A) tozalaysan, yig‘ishtirasan, tushuntirasan B) ochilsa, ko‘rsangiz, sezmasak C) unutma, uyg‘otma, shoshilmaylik D) boryapman, eriyapti, qatnayapti Mavzu yuzasidan mashqlar. 1-mashq. Gaplar tarkibidagi aniq, o‘zlik va majhul nisbatidagi fe'llarni topib, nisbat yasovchi qo‘shimchalarni aniqlab ko‘chiring. Shu vaqtda qadrdon agronom olisdan ko‘rinib qoldi. (O.) 2. Shu yerda olomon ikkiga bo‘linib, necha hissa ko‘payib, kechgacha ur-yiqit bo‘libdi. (P.Q.) 3. Zayniddin bilan yo‘lga chiqilsa, manzilga horib-charchab borilar edi. (O.) 4. Nasimjonning topgan-tutgani necha bor sovurilgan, hayoti va erki necha bor xavf ostida qolgan esa ham... ta'zirini yemagan va tavba qilmagan. (O.) 5. Ha, kim biladi, sanda oyimning yumushi bordir, bir chiqishing kerak, - Nuri xo‘rsindi, sochlarini, g‘ijim ro‘molini tuzatdi. (O.) 6. U kishi so‘kinib, butun kuchi va g‘azabi bilan Yo‘lchidan qutulishga tirishdi. (O.) 7. Bir vaqtlar yigitcha kiyinib, chavgon o‘ynagan o‘sha qiz endi setorda shunchalik nafis, shunchalik mayin kuy chalar, uning o‘zi ham shu qadar nafosatga to‘lib o‘tirar ediki, Mulla Fazliddin beixtiyor uning sehriga berilib, g‘alati bo‘lib ketdi. (P.Q.) 8. O‘sha guzar tamom bo‘lgach, ko‘cha sharqdan g‘arbga buriladi. (S.A.) 9. Xayriyatki, uchinchi signal bo‘lib qoldi-yu, bu uchrashuvning sovuqligi bilinmadi. (A.Q.) 10. Bu orada palov ham yeyildi, necha topqir choy ham ichildi. (O.) 11. Bola “Chuh!” deb otni haydaydi, arava g‘ijirlab, chang ko‘tarib balandlikka toba tirmanadi. (O.) 12. Mana, erta-indin, terilsin, deb qolishadi, yalpisiga terimni boshlab yuboramiz. (T.Malik). Download 4.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling