Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Download 4.13 Mb.
bet218/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

Mavzu yuzasidan mashqlar
1-mashq. Gaplardagi ravishdoshlarni aniqlab, namunadagidek to‘liq ta'rif berib yozing.
N a m u n a : kelib - -ib yordamida yasalgan, holat ravishdoshi, tuslanadigan ravishdosh, bo‘lishli.
1. Biroq samolyotlar balodor yuklarini aniq “tartib” ham “vazn” bilan ag‘darib, yangi yuk uchun balandlashib jo‘narkan, nogihon qandaydir qizil yulduzli samolyotlar o‘qday uchib keldi. (O.) 2. Necha kundan beri qidirib yurib, Roziyani endi topgan paytida nahotki birpasgina qarab turmay ketib qolsa? (P.Q.) 3. Kun chiqish yoqni mo‘ljallab ketyapman-ku, yana nima? – dedi Asqar hansirab va boshidan kaskasini olib yerga to‘ntardi. (O.) 4. Tong xo‘rozi qichqira boshlagandan keyin mehmon qo‘zg‘aldi. (G‘.G‘.) 5. Asfalt tugab, traktor g‘ildiraklari o‘yib yuborgan yo‘l boshlangach, mashina bir-ikki silkinib, to‘xtadi. (T.Malik) 6. Tiz cho‘kib yashaguncha, tik turib o‘lgan yaxshiroq. (H.H.)


2-mashq. Gaplar tarkibidagi sifatdoshlarni topib, namunadagidek to‘liq tahlil qilib yozing.
N a m u n a :o‘qigan --gan yordamida yasalgan, o‘tgan zamon sifatdoshi, bo‘lishli, otlashmagan.
1.Kim biladi, Sidiqjon bilan o‘tkazgan yigitlik yillarini eslayotibdimi, yo‘qotgan aziz og‘aynisi uchun ichidan yig‘layotibdimi. (S.Ahm.) 2. Tayyor, tasdiqlangan loyiha turganda, hali tajribadan o‘tmagan, “chillaki” loyihani kim nazarga ilardi deysan. (J.Abd.) 3. Kim bilan olishayotganini , oqibati nima bo‘lishini biladi. (T.Malik) 4. Orada bir chora sig‘adigan zarang kosalar aylanib yuradi. (G‘.G‘.) 5. Uch yoshga kirganda, bulutga sakraydigan, tuyog‘idan o‘t chaqnaydigan ot bo‘ldi. (S.Ahm.) 6. Umarali dam kulardi, dam xafa bo‘lardi. (O.) 7. Oyoqlari jonsiz, uvushgan, sovuq nam havo suyaklarini ninalardi. (O.) 8. Kim bo‘lsa hasadchi, yuragi qaro, Ko‘rmas yaxshilarga yaxshilik ravo. (M.Bedil) 9. Kuz xunukmi, chiroylimi, baribir marra oldin bitirganniki. (O.) 10. Bilaman, bilganim bilan qandoq qilaman, - dedi nochor bir ohangda Xolmatjon. (S.Ahm.) 11. ...yuziga ro‘molini tushirib piq-piq yig‘layotgan ayolning yoniga o‘tgan ham ediki, eshik ochilib, Chavandoz ko‘rindi. (O.Yo.) 12. – Zinapoyalar bo‘ladi, juda istagan odam o‘shalardan yurib, suv bo‘yigacha tushaveradi. (P.Q.)

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling