3-mashq. Harakat nomlarini topib, namunadagidek to‘liq tahlil qiling.
N a m u n a :yozish -- -ish qo‘shimchasi bilan yasalgan, bosh kelishikda, birlikda, bo‘lishli.
1. Aksiga, qor yoqqanini qarang, shu qorda domlaga borish nimasi! (O.)
2. Shu-shu bo‘ldi-yu, Sidiqjon yana o‘z to‘piga qo‘shilish, shularning ketidan borish – kolxozga kirish taraddudiga tushdi. (A.Q.) 3. Biz hammamiz shuning uchun yashaymizki, berishdan ko‘ra ko‘proq olishni o‘ylaymiz. (M.G.) 4. Eshikdan kirishim bilan “dadalab” bag‘rimga tashlanishi qanday zavqli! (Sh.) 5. Samoda bombalarning ingrashi, portlashlar, uchgan yer ko‘malari...(O.) 6. Uning maqsadi Yo‘lchi bilan uchrashuv, albatta.(O.)
7. “Yo‘lda qaroqchi bosibdi”, “bo‘rilar yeb ketibdi...” demak makkor sulton uchun hyech gap emas. (Mirm.)
SAVOL-JAVOB ASOSIDA TALABALAR BILIMINI ANIQLASH VA MUSTAHKAMLASH:
1. Sifatdosh debnimaga aytiladi?
2. Ravishdosh deb nimaga aytiladi?
3. Harakat nomi deb nimaga aytiladi?
4.Sifatdosh va harakat nomining bo’lishsiz shakli qanday hosil qilinadi?
5.Ravishdoshning ma’nosiga ko’ra qanday turlari mazjud?
Uyga vazifa:
1-topshiriq. Fe'lning funksional formalarini toping, ularni asosiy xususiyatlariga ko‘ra guruhlarga ajrating.
1. Podshoning marhamatidan bahramand bo‘lmoq, ajdarning og‘zidan taom yemoq bilan barobardir. 2.Sahar chog‘i turib, shirin g‘azaldin eshitmak odatim bo‘lgan azaldin … 3. (Abulmalih) Dunyo to‘g‘risida qayg‘uradiganlar xo‘roz urushtirish, oltin qadahlarda may ichish bilan ovora. 4. Ko‘zim chiqsun seni ko‘rguncha mundoq, Kesilsin til seni so‘rguncha mundoq. 5. Agar istar esa boshimni olsun,Tanamni burdalab, o‘tlarga solsun. 6. San'at osmonida nur sochuvchi ulug‘ yulduzga aslo zavol yo‘q! (Uyg‘un va I.Sulton.) 7. Bir necha qiz raqsga tushib ketdi. (O.) 8. Umrni qisqartiruvchi ta'sirlar orasida qo‘rquv, qayg‘u, umidsizlik, zerikish, tutqunlik, hasad, nafrat yetakchi o‘rinni egallaydi. (K.Gufeland) 9. Agar men senga o‘xshash erkin qush bo‘lsam, allaqachon go‘zal Hirotga qarab uchar edim.
2-topshiriq. Matndagi harakat nomi, sifatdosh va ravishdoshlarni topib, ularning qanday affiks bilan yasalganligini guruhlarga ajrating va shu formaning ma'nosini aniqlang.
O‘qish-tafakkur va aqliy kamolot manbalaridan biri. (V.A.Suxomlinskiy) 2. Yaxshi yozadigan mualliflarni o‘qish bilan yaxshi so‘zlashga o‘rgatadilar.(F.Vol'ter) 3. Ishning o‘zini bilguncha, ko‘zini bil. (Maqol) 4. Kim buyuk maqsadga intilsa, u o‘zini o‘ylamasligi zarur. (I.S.Turgenev) 5. Kishi badantarbiya qilgani singari aql va xarakterini ham mashq orqali toblashi mumkin. (D.I.Pisarev)
Do'stlaringiz bilan baham: |