Mavzu yuzasidn tarqatma materiallar
1.Tarqatmamaterial
Gapdagi fe’lni morfologik tahlil qiling
Chakasiga rayhon qistirgan baland bo`yli chol biz bilan so`rashdi.
2.Tarqatmamaterial
Gaplar tarkibidagi fe'llarni to‘liq tahlil qiling.
1 . Ana shu qishloqlardan bittasi Yorboshi deb atalar ekan. (G‘.G‘.)
2. Gapiraver, bu yerda begona yo‘q. (S.Ahm.) 3. U nima to‘g‘rida gap boshlasa, oxirini shu yer isdlohotiga bog‘laydi, Saidiy uchun qancha savollar chiqaradi. (A.Q.) 4. O‘ylaymanki, shu yilning kuzidayoq Oltinsoyning o‘ng tomonidagi yerlarini o‘zlashtiramiz. (Sh.R.)
3.Tarqatmamaterial
Qo’shma fe’l va ko’makchi fe’lliso’zqo’shilmasini VENN diagrammasi asosida tushuntirib bering.
Umumiy jihatlari
Qo’shma fe’lning
o’ziga xos
xususiyatlari
Ko’makchi fe’lli
so’z
qo’shilmasining
o’ziga xos
xususiyatlari
MAVZU YUZASIDAN TESTLAR
1. Qo‘shma fe’llarning xususiyatlari noto‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
A) birdan ortiq asosdan tashkil topadi
B) asoslar orasiga boshqa qo‘shimchalarni qo‘shsa bo‘ladi
C) bitta so‘roqqa javob bo‘ladi
D) qismlari ajratib yoziladi
2. Qo‘shma fe’llar yasalishida ishtirok etadigan so‘zlar qaysi javobda berilgan?
A) ket, bor, yur B) qil, et, bo‘l
C) o‘tir, qo‘y, sol D) yubor, chiq, kir
3. Qo‘shma fe’llar berilgan javobni toping.
A) oshib qolgan B) yig‘ishtirib oldi
C) olib keldi D) charaqlab ketdi
4. Quyidagi fe’llarning qay biri otdan yasalgan?
1) tuzlamoq; 2) dodlamoq; 3) yngilamoq; 4) tezlamoq; 5) yaxshilamoq; 6) varaqlamoq; 7) to‘g‘rilamoq; 8) sekinlamoq; 9) ho‘plamoq; 10) qishlamoq..
A) 3,5,7 B) 5, 7, 8 C) 4, 8, 9 D) 1, 6, 10.
5. Quyidagi fe’llarning qay biri undov so‘zdan yasalgan?
1) tuzlamoq; 2) dodlamoq; 3) yangilamoq; 4) tezlamoq; 5) yaxshilamoq;6) varaqlamoq; 7) to‘g‘rilamoq; 8) sekinlamoq; 9) voyvoylamoq; 10) qishlamoq..
A) 3,5,7 B) 5, 7, 8 C) 2, 9 D) 4, 5, 10.
Do'stlaringiz bilan baham: |