Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Download 4.13 Mb.
bet225/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

Qo‘shimcha adabiyotlar:
1.Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.-Toshkent: “O`zbekiston” – 2016. 56 B.
2.Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz.-Toshkent: “O`zbekiston” – 2016. 488 B.
3. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 2005, “Talqin” nashriyoti
4. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. 2006,“Universitet” nashriyoti.
5. Yunusov R. O‘zbek tilidan praktikum. 1-qism, 2006, TDPU.
Elektron ta’lim resurslari
1. www.tdpu.uz
2.www.pedagog.uz
3.www.Ziyonet.uz
4.www.edu.uz
5. tdpu-INTRANET.Ped
5.www.Google.uz


18-amaliy mashg’ulot
Mavzu:Ravish va uning ma’no turlari, yasalishi, darajalari yuzasidan tahlil qoliplari, mashqlar va testlar.
Reja :

  1. Ravishning leksik-grammatik xususiyatlari.

  2. Ravishlarning ma'no turlari: holat, miqdor-daraja, payt, o'rin sabab, maqsad ravishlari.

  3. Ravishlarda daraja (oddiy, qiyosiy, orttirma darajalar).

  4. Ravish va uning ma’no turlari, yasalishi, darajalari yuzasidan mashqlar.

Mavzu bayoni: Harakat va holatning belgisini, belgining belgisini (sifat va ravishning), ba’zan predmetning (ot) belgisini bildiradigan mustaqil so‘z turkumi ravish deyiladi. Masalan: Qutlug‘ jon tez orada o‘zbekcha biyron-biyron gaplasha boshladi (O.). Ko‘kday bepoyon mening Vatanim (Q.Hikmat).
Sifat so‘z turkumi kabi ravish ham belgi bildiradi. Lekin sifat, asosan, predmetning belgisini, ravish esa, asosan, ish-harakatning belgisini, belgining belgisini bildiradi.
Ravish ish-harakatning bajarilish tarzi (astoydil urindi), payti (hozir keldi), o‘rni (yuqoriga intildi), miqdori (kam gapirdi), darajasi (nihoyatda achindi), sababi (noiloj ko‘ndi) va maqsadi (jo‘rttaga indamadi)ni anglatadi.
Ravish o‘ziga xos grammatik xususiyatlarga ega:
1) ravish boshqa so‘z bilan bog‘lanib kelganda morfologik jihatdan o‘zgarmaydi (so‘z o‘zgartiruvchi affikslarni olmaydi). Lekin ma’lum kelishik yoki egalik kelishik shaklida (qotib qolgan holda) ravishga ko‘chgan so‘zlar mavjud: kunda, yiliga, kunduzi, chindan, rostdan, yaqinda, birdan, birga kabi.
2) ravish belgi bildiruvchi so‘z bo‘lgani uchun sifat kabi belgini (harakatning belgisini) darajalab, chog‘ishtirib ko‘rsatish xususiyatiga ega. Biroq ravishlarda daraja anglatish sifatlardagi kabi taraqqiy qilgan emas. Ravish ham uch daraja ko‘rinishiga ega: oddiy daraja, qiyosiy daraja, orttirma daraja. Daraja ma’nosi sifat darajalaridagi vositalarning o‘zi bilan ifodalanadi. Belgini darajalab ifodalash, asosan, holat ravishlari (ayrim payt va miqdor)ga xos.
Ravishlar ma’no jihatdan olti guruhga bo‘linadi: 1) holat ravishi, 2) payt ravishi, 3) o‘rin ravishi, 4) miqdor-daraja ravishi, 5) sabab ravishi, 6) maqsad ravishi.

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling