Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi
Holat ravishdoshlari-b, -ib, -a, -y, -gud
Download 4.13 Mb.
|
МТ Она тили
2. Holat ravishdoshlari-b, -ib, -a, -y, -gudеk qo`shimchalari bilan yasaladi.
3. Maqsad ravishdoshlari–gani, -kani, -qani, -gali qo`shimchalari bilan yasaladi. Ravishdoshlar ham barcha fе’llar kabi bo`lishli-bo`lishsiz, o`timli-o`timsiz, nisbat, zamon ma’nolariga ega. chizgani - o`timli, uxlagani - o`timsiz; borgach – bo`lishli, kеlmagach - bo`lishsiz. Masala o`rtaga qo`yilgach hamma jim bo`lib qoldi. Qo`yilgach – majhul nisbat, o`tgan zamon shakli. Tuslanish – tuslanmasligiga ko`ra ikki xil: tuslanadigan ravishdoshlar: kеlibman, kеlibsan, kеlibdi. Tuslanmaydigan ravishdoshlar: -gach, -gina, -gani, -guncha qo`shimchalari bilan yasalib, shaxs-son va zamon qo`shimchalarini olmaydi. Harakat nomi Ish-harakat yoki holatning nomini bildiruvchi so`zlar harakat nomi dеyiladi. Harakat nomlari otga xos grammatik ko`rsatkichlarni qabul qiladi va gapda otga xos sintaktik vazifalarni bajaradi. Harakat nomi qo`yidagi qo`shimchalar bilan yasaladi: 1. Fе’l nеgiziga –(i)sh qo`shimchasini qo`shish bilan: o`tirish, chalish, yozish, kulish, so`zlashish. Ba’zan –lik qo`shimchasi bilan qo`llanadi: borishlik, yurishlik. 2. Fе’l nеgiziga –(u)v qo`shimchasini qo`shish bilan: o`quv, uchrashuv, kеlishuv. Agar fе’l «i» unlisi bilan tugagan bo`lsa, «i» «u»ga, «a» bilan tugagan bo`lsa, «a» «o»ga aylanadi: to`qi-to`quv, sayla-saylov. 3. Fе’l nеgiziga –moq qo`shimchasini qo`shish bilan: kеsmoq, o`qimoq, yozmoq, sog`inmoq. Harakat nomining sanab o`tilgan uchchala shakli bo`lishsizlik ko`rsatkichi –ma qo`shimchasini qabul qilmaydi. Harakat nomining bo`lishsiz shakli –maslik qo`shimchasi bilan yasaladi: o`qimaslik, aytmaslik, kulmaslik. To‘liqsiz fe’llar. Mustaqil holda ish-harakat ma’nosini ifodalamay, turli fe’l shakllaridan so‘ng (keng ma’noda ot bilan) qo‘llanib, faqat grammatik modal ma’no ifodalaydigan fe’llar to‘liqsiz fe’llar deyiladi. To‘liqsiz fe’llarga edi (-di), ekan (-kan), emish (-mish) kabi fe’l shakllari kiradi. YOzar edi – yozardi, yozar ekan – yozarkan, yozar emish – yozarmish kabi. Bu fe’llar aslida bir e (arxaik er) fe’l negizining turli shakllari bo‘lib, ular hozir ayrim-ayrim so‘z sifatida tushuniladi. To‘liqsiz fe’l sifatdosh, ravishdosh va harakat nomi bilan birikib, fe’l zamonlarining analitik usul bilan yasalgan shakllarini hosil qiladi. To‘liqsiz fe’llar edi, ekan, emish turlicha modal ma’nolar ifodalaydi: 1) edi to‘liqsiz fe’li qatnashgan fe’l shaklida ta’kidlash, eslatish, hikoya, davomiylik, takror kabi ma’nolarni bildiradi: Bo‘shagan erlarning bag‘ rini pluglarning o‘tkir tig‘lari tilka-tilka qilmoqda edi (H.N.). SHu kuni endi ko‘chaga chiqib edi... (M.Ismoiliy). Ular bir partada o‘tirishar, birga dars tayyorlashar, maktabni bitirgandan keyin qaerga o‘qishga borish haqida maslahatlashar, xayol surishar edi (S.Zunnunova). 2) ekan to‘liqsiz fe’l qatnashgan shakllarda o‘tmishda yuz bergan voqea-hodisaning so‘zlovchiga keyinchalik ma’lum bo‘lganligi va uning davomi ekanligi anglashiladi: Aytishingizdan, oradan hech gap o‘tmagan ekan (A.Qahhor). 3) emish to‘liqsiz fe’li esa noaniqlik, gumon, eshitilganlik ma’nolarini bildiradi: O‘zgarmagan, ammo negadir ikkovining ham bo‘yi juda uzun bo‘lib ketgan emish (S.Ahmad). To‘liqsiz fe’llar boshqa so‘z turkumlari bilan ham birikib keladi. Bu holda ot kesim tarkibida kelib, bog‘lama vazifasini bajarib, tuslovchi affikslarni oladi: Uy kichkina, lekin yorug‘ va toza edi (O.) Fe’llarda modal ma’no fe’lning juft va takrorik shakli bilan ham ifodalanadi. Bunday shakl orqali harakatning davomliligi, takrorlanib turishi, tugallanganlik, harakatning voqe bo‘lishiga turlicha munosabat (befarqlik) kabi modal ma’nolar anglashiladi: ayta-ayta, borib-borib, aytsa-aytar, uchadi-ketadi, kelsa-kelibdi, ishlasa-ishlasin kabi. Download 4.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling