Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Mavzu yuzasidan tarqatma materiallar


Download 4.13 Mb.
bet204/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

Mavzu yuzasidan tarqatma materiallar.
Quyidagi sonlarning turini aniqlang va gaplar tuzing.
Bir, yuz o`ttiz uch, uchtadan, ikkinchi, bir yarim, besh-olti.


Mavzu yuzasidan mashqlar.
1-mashq. Hisob so‘zlari (numerativlar) bilan qo‘llangan sonlarni topib, hisob so‘zlarini izohlab yozing.

1. Hamma o‘tirgan yeridan go‘yo bir qarich cho‘kkanday bo‘ldi va tin olmay bir-biriga qaradi. (A.Q.) Doktorxona deganda Sotiboldining ko‘z oldiga izvosh va oq podshoning surati solingan 25 so‘mlik pul kelar edi. (A.Q.) 3. Tanamni qirq bo‘lakka bo‘lganlarida ham yurtimni sotmayman, usta. (Mirm.) 4. Bir parchagina qoracha yuzida, tegrasiga surma tortilgan dardli ko‘zlarida cheksiz alam, lablarida unsiz ta'na. (O.Yo.) 5. Muham-madiy maxdum bu talabni javobsiz qoldira olmasdi, chunki u holda o‘zining qirq yillik oliftalik sharafi poymol bo‘lardi. (S.A.) 6. – Himm... O‘n minutdan keyin qo‘yib yuboring. (T.Malik) 7. Oqshom vaqti o‘n kilo arpa bilan bir qop somonni aralashtirdim.(T.Murod)


2-mashq. Gaplar tarkibidagi sonlarni to‘liq morfologik tahlil qiling.



  1. Toshkentgacha arava yo‘li o‘n kunlik ekan, biz charchamaylik deb, sekin-sekin o‘n ikki kunda keldik. (A.Qod.) 2. Komilov bilan Sunnatillaevning bir jihati o‘xshash – ikkoviga ham aza ochilmagan. (T.Malik) 3. Ikkovi uzoq pichirlashib o‘tirib, Muxtorxon yarim kechasi ketdi. (A,Q.) 4. Qilich ikkala tomonning mulohazalarini eshitib bo‘lgach, kulib bitta taklif: yana bir-ikki kun sabr qilinsa, keyin, havo shu yo‘sin isib ketsa, qo‘rq-may ekaverish kerak. (O.Yo.) 5. Lekin bu niyatim amalga oshmay qoldi. Nega desangiz, qishlog‘imizdan uch chaqirim yuqoriroqdagi, to‘rt tomoni baland tog‘lar bilan o‘ralgan Soyboshi degan qishloqqa ko‘chib ketdik. (X.To‘xt.) 6. O‘ktamjon yigirmanchi yillarni, ya'ni Turkkomissiya haqidagi materiallarni o‘rganayotganini to‘lib–toshib gapirib berdi. (N.Fozilov) 7. To‘rtta qishloqchadagi yuz sakson xonadonning televizorini o‘chirdi. (S.Ahm.) 8. Sakkiz mehmon ichida ikkisi benihoyat semiz edi. (O.)




Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling