Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


-mashq. O‘qing. Zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplarni aniqlab, to‘rtta gap ko‘chiring, bog‘lovchi vositalarni doiraga oling


Download 4.13 Mb.
bet291/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

2-mashq. O‘qing. Zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplarni aniqlab, to‘rtta gap ko‘chiring, bog‘lovchi vositalarni doiraga oling.

1. Ustod Qavom tezlikda safar anjomlarini shay qilib, Sherozga jo‘nadi-yu, ammo me'mor bormadi.(Mirm.) 2. So‘nggi savolga boshlari sal egildi-yu, lekin sado chiqmadi.(M.Ism.) 3. Xurosondan Samarqandu Buxoroga qatnaydiganlarga bu yerning fe'li juda ma'lum, ammo eng yaqin yo‘l shu bo‘lganligi tufayli hamma yo Mukri, yo Xalachga bormaslikka, Jayxundan o‘tmaslikka ilojlari yo‘q.(Mirm.) 4. G‘arib onasi uni ming azob bilan voyaga yetkazdi-yu, lekin bu nodon ona qadriga yetmadi.(M.Ism.) 5. O‘zi ertakka o‘xshagan-u, lekin aql bilan ko‘ngil mojarosida ibrat bo‘ladigan joylari bor.(M.Ism.) 6. Hoshim shunday deb o‘yladi-yu, ammo unga sir boy bermadi.(J.Abd.) 7. Ich tomonlari bilan tanishmoqni xayol qildim-u, biroq fursat bo‘lmadi.(T.Malik) 8. Bunda beodob yozgan odamni topib rosa ta'zirini berardim-u, ishim tig‘izroq edi-da.(S.Ahm.)




SAVOL-JAVOB ORQALI BILIMLARNI MUSTAHKAMLASH

  1. Bоg`langan qo`shma gaplarda qaysi bоg`lоvchilar ishlatiladi?

  2. Ergashtiruvchi bоg`lоvchilar qo`shma gaplarning qaysi turida ishtirоk etadi?

  3. Qo`shma gap turlari haqida tushuncha bеring.

  4. Bоg`langan qo`shma gaplarda qaysi bоg`lоvchilar ishlatiladi?

  5. Ergashtiruvchi bоg`lоvchilar qo`shma gaplarning qaysi turida ishtirоk etadi?

  6. Bоg`langan qo`shma gap haqida ma’lumоt bеring.

  7. Bоg`langan qo`shma gaplarning asоsiy bеlgilari nimalardan ibоrat?

  8. Bоg`langan qo`shma gaplarning mazmun turlari haqida gapirib bеring.

  9. Bоg`langan qo`shma gap qismlarini biriktiruvchi vоsitalar qaysilar?

  10. Ayrish munоsabatidagi bоg`langan qo`shma gap haqida ma’lumоt bеring.

MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN TESTLAR.
1. Bog‘langan qo‘shma gap berilgan qatorni toping.
A) Og‘ir eshik unsiz ochildi-da, qop-qorong‘i zalga nur yopirilib kirdi.
B) Keyin bir lahza ko‘zlarini yumdi-da, yuziga kaftini bosdi.
C) Zuhra oynavand eshikni ochdi-da, ichkariga kirib ketdi.
D) U g‘azab bilan baqirdi-da, mashinasini keskin burdi.

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling