2. Biriktiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap berilgan qatorni toping.
A) Lolalar uchun oftob yaxshidir, Bolalar uchun odob yaxshidir.
B) Ko‘m-ko‘k tog‘li yaylovlarda o‘tov oqarib, er-u ko‘kni podalarning shovqin-suroni tutdi.
C) O‘ziga berilgan aqlsiz tentak bo‘lsa, o‘zini bezagan xushro‘y satangdir.
D) Chor atrofda esardi ellar, Va bog‘larda qushlar chiyillar.
3. Zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap berilgan javobni toping.
A) Boshqalarni bilmayman-u, suyak sho‘rva Kulala ikkovimizga zo‘rlik qildi.
B) Sen berahm bo‘lsang ham, ammo Men dushmanlik qilmasman aslo.
C) Har qanday qonunga ham chap berish mumkin, lekin uyatga chap berib bo‘lmaydi, chunki qonun odamdan tashqarida, uyat esa odamning ko‘ksida bo‘ladi.
D) Hozirgi zamonda sichqon tutmaydigan mushuk ham odamning ko‘ziga xunuk ko‘rinadi.
4. Biriktiruv bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar o‘rtasida qanday munosabat ifodalanadi?
A) payt munosabati
B) Gap mazmuniga ko‘ra turli munosabat ifodalanishi mumkin.
C) sabab yoki natija munosabati
D) zidlik munosabati
5. Ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gapni aniqlang.
A) Ko‘z yoshi yo ko‘ngildagi g‘am-g‘ussaning damini kesish, yo berahmning rahmini keltirish uchun to‘kiladi.
B) Uyatsizlik hamma narsa uchun dog‘, hayo hamma narsa uchun ziynatdir.
C) Qorong‘i kechada otilgan mushak ham go‘zal, quyoshga qarab xandon tashlab turgan gul ham go‘zal.
D) Dam jahlim chiqadi, dam kulgim keladi.
6. Zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap berilgan javobni toping.
A) Adabiyotga o‘g‘ri mushukka o‘xshab tuynukdan oshib tushadiganlar ham bo‘ladi.
B) Nima uchun ko‘cha harakat qoidasini buzgan kishiga militsiya hushtak chaladi-yu, butun bir tilni buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi?
C) Sen berahm bo‘lsang ham, ammo Men dushmanlik qilmasman aslo.
D) Taqdirimiz birdir, go‘zalim Gar o‘rtada daryo bo‘lsa ham.
Do'stlaringiz bilan baham: |