MAVZUGA OID TARQATMA MATERIALLAR
1-tarqatma material
Savollarga javob bering
Bir bosh bo’lakli gapning turlari haqida gapiring.
Bir bosh bo’lakli gapning qaysi turida bajaruvchi yashirin bo’ladi?
2-tarqatma material
Bir bosh bo’lakli gaplar tasnifini klaster metodi orqali ko`rsatib bering.
Klaster texnologiyasiga tuzilgan taxminiy variant
MAVZU YUZASIDAN MASHQLAR
1-mashq.Shaxsi aniq, shaxsi noma'lum va shaxsi umumlashgan gaplarni topib, ikkitadan ko‘chiring.
1. Lekin hozir boshqa narsaga qoyil qolib turibman.(O‘.Usm.) 2. Shu-shu bo‘ldi-yu, nemis tilini o‘rganishga orzumand bo‘lib harakat qildi.(A.Q.) 3. Onasini juda ko‘hlik deyishadi. 4. Qosimovaga ayting, shu bugunoq ishga kirishsin.(T.Malik) 5. Qizcha qizil chechak bilan og‘riganini bilmagan ekanlar. (J.Abd.) 6. Ko‘pdan beri bilib yuribman. Qurilishgga kichkina niyat bilan kelmagansiz.(J.Abd.) Ma'lum bo‘lishicha, Matkarimovni hozircha qo‘yib yuborishibdi (O.Yo.) 7. Yozdagi issiqqa ham, kuzning shamoliga ham, izg‘iriniga ham chidadik.(J.Abd.) 8. Juda bolaligida olib kelganmiz. (S.Ahm.) 9. Bel olishsang, kuchli polvon bilan olish.(As.M.) 10. Bitta tirnog‘i ortiq itlarga shunaqa ot qo‘yishadi. (P.Q.) 11. Unda-munda quduq bor deyishadi. (J.Abd.) 12. Fanni chidaganga chiqargan! (O‘.Usm.)
2-mashq.Shaxssiz va atov gaplarni topib ko‘chiring.
1. Bularning qishloq bolalarimi yo shahar bolalarimi ekanligini ajratib bo‘lmaydi. (M.Ism.) 2. Qoplonbopdan oqadigan soyni quvurdan oqizish kerak.(S.Ahm.) 3. Boshdan pisanda qilib kambag‘allarga bo‘lib berish chorasini ko‘rish kerak. (M.Ism.) 4. Bir aylanib chiqish uchun besh olti kilometr yo‘l yuriladi. (P.Q.) 5. Nima qilsa brigadani qoloqlikdan chiqarsa bo‘ladi. (J.Abd.) 6. Mana o‘sha, ko‘chaga qaragan ochiq ayvon. (As.M.) 7. Balki bu yo‘lda sonsiz shafqatsizliklarni, musibatlarni boshdan kechirishga to‘g‘ri kelar.(J.Abd.) 8. Bazmlarni to‘xtatib, butun e'tiborni mudofaaga qaratmoq kerak.(P.Q.) 9. Bularni osmondan yerga tushirib qo‘yish kerak. (P.Q.)
Do'stlaringiz bilan baham: |