Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi
Download 4.13 Mb.
|
МТ Она тили
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takroriy shakl.
1. Sintеtik shakl. So`zning o`zak-nеgiziga qo`shimchalar qo`shish orqali hosil qilinadi: kuldi, yig`layapti, qalamni, shahardan kabi.
2. Analitik shakl. Yordamchi so`zlar ishtirokida hosil qilinadi: qalam bilan, maktab tomon. Nutqda sintеtik va analitik shakllar aralash holda qo`llanishi mumkin: so`zla+b bеr+dim, ona+m uchun; ko`r+ib tur+ib+man. 3. Juft va takroriy shakl. Bu tipdagi so`z shakllari ham ma’lum bir grammatik ma’noni ifodalashga xizmat qiladi. Juft shakl.Bir turkumga mansub ikki so`zning juft holda qo`llanishidan yuzaga kеladi. Bir turkumga mansub har qanday so`zni juft holda qo`llab bo`lmaydi. Buning uchun ularning ma’no munosabati e’tiborga olinadi. So`zlar juft holda qo`llanganda umumlashtirish, jamlik ma’nolari o`rtaga chiqadi: qishin-yozin (doim), katta-kichik (barcha), mayda-chuyda (arzimas narsalar), aji-buji (tartibsiz), ora-sira (ba’zan). Nutqimizda juft so`zlar qismlarining o`rni asosan o`zgartirilmay qo`llanadi. Kalta-kulta, o`lda-jo`lda, ota-bola. Ba’zi juft so`zlar qismlarining o`rnini almashtirib qo`llash mumkin: eson-omon – omon-eson, asta-sеkin – sеkin-asta. Takroriy shakl. Lеksik va grammatik jihatdan bir butunlikni tashkil etuvchi, takror holda qo`llangan so`z shakli takroriy shakl hisoblanadi: katta-katta (binolar), chopa-chopa (charchamoq), joy-joyiga (o`tirmoq), tеz-tеz (gapirmoq). Bir so`zni kеtma-kеt qo`llash bilan takroriy shakl hosil bo`lavеrmaydi. Takroriy shaklda so`zning lеksik ma’nosidan tashqari ma’lum bir grammatik ma’nolar ifodalanishi lozim. Masalan: Bеrganing bir yumurta, O`ldirding turta-turta. (Maqol) Bеrganga -- qo`sha-qo`sha, Bеrmaganga o`sha-o`sha.(Maqol) Gul – dasta-dasta, Gul – bеrmagan nokasta. (Maqol) Ilib-ilib, yoz bo`lar, Sovib-sovib, qish bo`lar. (Maqol) Kеltirilgan misollardagi qo`sha-qo`sha, dasta-dasta takroriy shakllari ko`plik ma’nosini, turta-turta, ilib-ilib, sovib-sovib harakatning takroriyligini ifodalaydi. Takroriy shaklni uslubiy takrordan farqlash kеrak. Masalan: -- Iya, iya, biz turganda nеga endi siz pol yuvarkansiz,opa? – Dod, dod! Omonatimdan ayrildim. – Obbo, - dеdi Bozorboy uf tortib, - bo`pti, bo`pti, to`rtta balon bеrib yuboraman. Qutuldimmi?! (S.Ahmad) Uslubiy takror tarkibidagi so`zlar birgalikda boshqa bir ma’noni ifodalamaydi, bir butunlikni hosil qilmaydi. Qaytarilayotgan so`z asosan, ta’kidni kuchaytirish uchun ishlatiladi. So`z turkumlarida leksika va grammatika, lison va nutq, til va borliq munosabatlari shunday qorishadiki, bu murakkab holat ularni tasniflashni murakkablashtiradi. So`z leksika uchun ham, grammatika uchun ham asosiy va zaruriy birlik. So`z turkumlari o`zida u yoki bu belgisiga ko`ra ajratilgan so`z guruhlari hisoblanadi. Uni tilshunoslar turlicha mezonlar asosida ajratadilar. So`z turkumi soni va tarkibini aniqlashda boshqa tilshunosliklardagi kabi so`zlarning semantik, morfologikva sintaktik xususiyatlari inobatga olinadi. So`zlar semantik tamoyilga ko`ra mustaqil lug`aviy ma’noli, nomustaqil lug`aviy ma’noli hamda lug`aviy ma’nosiz so`z (ko`makchi,bog`lovchi, yuklama) kabi turlarga ajratiladi. So`zlar morfologik tamoyilga ko`ra ikki guruhga: o`zgaruvchi va o`zgarmas leksemaga bo`linadi. So`zlarning sintaktik tasnifida ularning nutqda boshqa so`zlar bilan bog`lana olish-olmasligi, gap bo`lagi bo`lib kela olish-olmaslik xususiyati o`z aksini topadi. So`z turkumlari yuqoridagi tamoyillarga asoslanib uch guruhga ajratiladi: 1.Mustaqil so`zlar turkumi ( ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish).- lug`aviy ma’noga ega bo`lib, morfologik jihatdan o`zgaradigan, gap ichida ma’lum sintaktik vazifa bajaradigan so`zlardir. 2.Yordamchi so`zlar turkumi (ko`makchi, bog`lovchi, yuklama)- yakka holda ma’no anglatmaydigan, grammatik ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladigan so`zlardir. Ular mustaqil so`zlar va ayrim gaplar orasidagi munosabatni anglatishga xizmat qiladi, so`zga va gapning mazmuniga turli qo`shimcha ma’no qo`shadi. 3.Alohida olingan so`zlar turkumi (modal so`zlar, undov so`zlar, taqlid so`zlar)-lug`aviy ma’no bildirmaydigan, lekin ba’zan gap bo`lagi vazifasini bajaradigan so`zlardir. Download 4.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling