Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Download 4.13 Mb.
bet35/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

Affiksal polisemiya. Affikslar ham xuddi so‘zlar kabi ko‘p ma’noli (polisemantik) bo‘lishi mumkin. Bir turkumga tegishli bo‘lgan har xil ma’noni bildiradigan birgina affiksga polisemantik affiks deyiladi. Masalan, -chi, affiksi turlicha shaxs oti ma’nolarini bildirib kela oladi.: ishchi, traktorchi, o‘yinchi, gulchi, tarixchi, hikoyachi, sportchi, paxtakorchi kabilar; -li, affiksi bir o‘rinda ega ekanlik ma’nosini (mevali, bolali, aqlli, kitobli) bildirsa, ikkinchi o‘rinda ortiq darajada ega ekanlik ma’nosini (yog`li, suvli, shirali) bildiradi.
Affiksal omonimiya. Ma’no va vazifasiga ko‘ra turlicha affikslarning shaklan teng kelib qolishiga affiksal omonimiya deyiladi. Affiksal omonimiyaning qu‘yidagi ko‘rinishlari mavjud:
1. So‘z yasovchi affikslar shaklan teng kelib qoladi. Bunda omonim affikslar bir so‘z turkumi doirasida bo‘lishi ham, turli so‘z turkumlari doirasida bo‘lishi ham mumkin. Masalan, o‘r+oq (ot) – qo‘rq+oq (sifat), yashir+in (sifat) – erk+in (sifat), yon+g`in (ot) – oz+g`in (sifat), bilim+don(sifat) – qadr+don (sifat), soch+iq (ot) – chin+iq (fe’l) kabi.
2. So‘z yasovchi affiks bilan shakl yasovchi affiks shaklan teng kelib qoladi.Masalan, maqtan+choq (sifat yasovchi) – qo‘zi+choq (otning kichraytish – erkalash shakli), o‘s+ma (ot yasovchi) – qovur+ma (sifat yasovchi) – o‘qi+ma (fe’lning bo‘lishsiz shakli) kabi.
3. Shakl yasovchi affikslar shaklan teng kelib qoladi.Masalan, mashina+m, mashina+ng (otning egalik shakli), o‘qidi+m, o‘qidi+ng (fe’lning shaxs-son shakli), o‘qi+sh, yoz+ish (fe’lning harakat nomi shakli), ishla+sh+di, kul+ish+di (fe’lning birgalik daraja shakli) kabi.
Affiksal sinonimiya. Bir turkum doirasidagi affikslarning biror ma’nosida teng kelib qolishiga affiksal sinonimiya deyiladi. Affiksal sinonimiya boshqa-boshqa affikslarning bir asosga qo‘shilishi natijasida sodir bo‘ladi. Masalan, savlat+li–ser+savlat, mahsul+dor – ser+mahsul kabi.
Affikslar sinonimiyasi vazifasi bir xil bo‘lgan affikslar doirasida bo‘ladi. So‘z yasovchi bilan so‘z yasovchi (unum+dor – ser+unum, til+chi – til+shunoc), shakl yasovchi bilan shakl yasovchi (ayt+giz – ayt+dir, o‘zgar+t – o‘zgar+tir) sinonimik munosabatga kirishadi.
Affikslar sinonimiyasi ko‘pincha o‘zbek tilidagi affikslarning boshqa tillardan o‘zlashgan affikslarning biror ma’nosida umumiylikka ega bo‘lishlari asosida kelib chiqadi. Masalan, -chi affiksi bir ma’nosida tojikcha –shunos affiksi bilan (til+chi – til+shunoc), ikkinchi ma’nosida tojikcha –kor affiksi bilan (xizmat+chi – xizmat+kor), uchinchi ma’nosida tojikcha -kash affiksi bilan (childirma+chi – childirma+kash) sinonimik munosabatga kirishadi.

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling