Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi
Download 4.13 Mb.
|
МТ Она тили
- Bu sahifa navigatsiya:
- So‘zning morfemik tarkibidagi o‘zgarishlar
Affiksal morfema. So‘zning tarkibida o‘zakdan keyin kelib, so‘zning leksik va grammatik ma’nolarini shakllantiradigan morfemadir. Affiksal morfema o‘zicha mustaqil qo‘llana olmaydi va ma’no ham anglatmaydi.
So‘z tarkibida affiksal morfemalar bir nechta bo‘lishi mumkin. Ular o‘zbek tilida o‘zakka birin-ketin, ma’lum tartibda qo‘shiladi. Masalan, paxtakorlarimizdan – paxta+kor+ lar+imiz+dan. Affiksal morfemaning ma’nosi har bir konkret so‘z tarkibi asosida belgilanadi. har bir qo‘llanishda u konkret ma’no ifodalaydi. Masalan, suv-chi, gul-chi, traktor-chi, o‘quv-chi; daftar-im, aql-im, halq-im, ko‘z-im, o‘z-imkabi so‘z tarkiblarida affiksal morfemalardan (u xoh so‘z yasovchi, xoh shakl yasovchi bo‘lsin) o‘ziga xos konkret ma’nolarda kelgan, ular bir-biriga butunlay teng emas. So‘zning morfemik tarkibidagi o‘zgarishlar. Fonetik o‘zgarishlar so‘zning o‘zak qismida ham qo‘shimchada ham yuz beradi. Bunday o‘zgarishlar turli sabablarga ko‘ra bo‘ladi. O‘zakdagi o‘zgarishlar, asosan qo‘shimchalarning qo‘shilishi bilan bog`liqdir, Masalan, ong+la-angla, son+a-sana, ikki+ov-ikkov kabi. Bunday o‘zgarishlar ko‘proq affiks morfemda yuz beradi. Qo‘shimchadagi o‘zgarishlar o‘zak-negizning fonetik tarkibiga bog`liqdir.Masalan, qishloq+ga- qishloqqa, terak+ga- terakka kabi. Davrlar o‘tishi bilan bir nechta affiks birikib bitta affiks morfema holatiga kelib qolishi mumkin. Masalan, zargarlik, dehqonchilik so‘zlari morfemalarga zar+gar+lik, dehqon+chiliktarzida ajratiladi. Ko‘rinadiki, birinchi so‘zda -lik alohida morfema bo‘la oladi, ikkinchi so‘zda esa u alohida morfema bo‘la olmaydi. Sababi ikkinchi so‘zdagi qolgan dehqonchi qism ma’no anglatmaydi, tilda shu shaklda qo‘llanmaydigan bo‘lib qolgan. Shunga ko‘ra dehqon-o‘zak morfema – chilikyaxlit xolda bitta affiksal morfema sanaladi. Affikslar tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: Sodda affikslar. Qo‘shma affikslar. Sodda affikslar mustaqil morfema bo‘la oladi. Masalan, ishlashdi – ish+la+sh+di, lug`atchilik – lug`at+chi+lik, misgarlik – mis+gar+lik kabi. Download 4.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling