Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Tеkshirish savоllari va tоpshiriqlar


Download 4.13 Mb.
bet32/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

Tеkshirish savоllari va tоpshiriqlar:

  1. Frazema nima?

  2. Nima uchun frazema ko’chma ma’noli turg’un konstruksiya sanaladi?

  3. Frazemaning ifoda planini qanday tushunasiz?

  4. Frazemalar erkin birikmalardan va to’g’ri ma’noli turg’un birikmalardan qanday farqlanadi?

  5. Frazemalardan nutqda qanday maqsadlarda foydalaniladi?

  6. Frazemalarning semantik tarkibida turkumlik semalari bo’ladimi?

  7. Frazemaning semantik tarkibiga nimalar kiradi?

  8. Frazeologik monosemiya va polisemiya hodisalari qanday farqlanadi?

  9. Frazemaning qanday semantik turlari bor?

  10. Frazeologik butunlik bilan frazeologik chatishma qanday farqlanadi?

  11. Iboralar shakl va ma’nosiga ko`ra qanday turlarga bo`linadi?

  12. Leksikografiya nima?

  13. Leksikografiyaning vazifa doirasiga nimalar kiradi?

  14. Lug’atlar ko’zlangan maqsadga ko’ra qanday tiplarga bo’linadi?

  15. Ensiklopedik va lisoniy lug’atlar qanday farqlanadi?

  16. Umumiy va xususiy (maxsuc) lug’atlar qanday farqlanadi?

  17. Lug’atlarning yana qanday turlarini bilasiz?



9-MAVZU: Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. Morfema va uning turlari.


REJA:
1. Morfemika haqida tushuncha.
2. So`zning morfem tarkibi.
3. Morfema va uning turlari.
4.Affiks mоrfеmalarning tasnifi va turlari.


Tayanch tushuncha va iboralar: morfologiya, morfemika, morfema, o`zak morfema, affiks morfema, so`z yasovchi affiks morfema, unumli affiks morfema, omonim affiks, sinonim affiks, antonim affiks.

Morfemika grammatikaning alohida bir bo‘limi bo‘lib, so‘zlarning morfemik tarkibini, undagi morfemalarning o‘zaro munosabatini, turlarini o‘rganadi.


Morfema– so‘zning ifoda qilinishi jihatidan tovushdan keyin turadigan semantik–morfologik birlik bo‘lib, so‘zning eng kichik ma’noli qismidir. Morfema so‘zning qayta bo‘linmaydigan eng kichik ma’noli qismi sifatida leksik ma’noni ham, grammatik ma’noni ham anglatadi. Masalan, Mehnatkashlarimizning so‘zi mehnat-, -kash, -lar, -imiz, -ning qismlaridan tarkib topgan. Bu qismlarning har biri shu tarkibda o‘ziga хos ma’lum ma’nosida qatnashgan.
Leksik ma’no anglatish yoki anglatmasligiga ko‘ra morfemalar 2 turga bo‘linadi: 1. O‘zak morfema. 2. Affiksal morfema.
Masalan, uzumzor, mevali, bog`bon, ishchi, ishla, ishdan, borgan, bordi, bolalar so‘zlarininguzum, meva, bog`, ish, bor, bola qismlari o‘zak morfemalar, -zor, -li, -bon, -chi, -la, -dan, -gan, -di, -larqismlari affiksal morfema hisoblanadi.
So‘z morfemalarini aniqlash uchun ularning hozirgi tilimizda xoh leksik, xoh grammatik ma’no anglata olishi hisobga olinadi. Ajratilmoqchi bo‘lgan qism hozirgi tilda ma’no anglatmasa, boshqa so‘zlar tarkibida ham kela olmasa, uni morfema deb bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra, ma’noli qismlarning chegarasini turli so‘z tarkiblarini qiyoslash asosida aniqlanadi. Masalan,ishchilar so‘zining ish+chi+lar kabi morfemalarga ajratishga asos shuki, o‘zak deb olingan ishso‘zi o‘z ma’nosida qatnashgan, keyingi so‘zning yasalishi uchun asos bo‘lib turibdi, turli so‘zlar tarkibida kela oladi: ishga, ishchan, ishli, ishsiz, ishlakabi; -chi, affiksal morfema bo‘lib boshqa so‘zlar tarkibida ham gulchi, xizmatchi, traktorchi kabi shaxs oti yasab kela oladi; -lar, ham morfema sifatida turli so‘zlar tarkibida ko‘plik ma’nosini ifodalab kela oladi: kitoblar, bolalar, binolarkabi.
O‘zbek tilida morfemalar o‘zakka ketma-ket, biri orqasidan ikkinchisi qo‘shiladi. So‘zni morfemik tarkibga ajratish oxirgi morfemani belgilab olishdan boshlanadi va ketma-ket tarzda o‘zak morfemani belgilash bilan tugallanadi.
Masalan;
muzmuz+lamuzla+tmuzlat+ish;
ko‘kko‘k+arko‘kar+tirko‘kartir+ishko‘kartirish+di;
oqoq+laoqla+voqlov+chi;
tomtom+chitomchi+latomchila+t.
O‘zak morfema so‘zda albatta ishtirok etadigan, leksik ma’noni beruvchi qismdir. O‘zak morfema yangi so‘z yasalishi uchun ham shakl yasalishi uchun ham asos bo‘la oladi.Masalan, mevali, mevasiz, sermeva kabi tarkibli so‘zlarda meva so‘z yasalishi uchun asos bo‘lsa; mevani, mevamiz, mevalar tarkibli so‘zlarda meva shakl yasalishi uchun asos bo‘ladi.
O‘zak morfema so‘zning leksik ma’nosini bildiruvchi asosiy qism bo‘lganligi uchun asosiy morfema, affikslar shu o‘zak bilan birgalikda, shu orqali qo‘llanganligi uchun ergash morfema yoki yordamchi morfema terminlari bilan ham ataladi.
O‘zak morfema ifoda etilishiga ko‘ra so‘zga o‘xshaydi, ular ma’no jihatidan o‘zaro bog`langan bo‘ladi. Lekin o‘zakni so‘zning tarkibiga kiruvchi morfema sifatida so‘z bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Masalan, boshliq, mevazor, ishchi, ishla so‘zlaridagi bosh-, meva-, ish o’zak marfemalar alohida olingan bosh, meva, ish so‘zlariga aynan teng emas. Garchi ular fonetik jihatdan teng kelsa ham. Buni biz o‘zaklarning ma’no doirasi bilan so‘zlarning ma’no doiralari teng kelmaganligidan ko‘rishimiz mumkin. O‘zakning ma’nosi shu so‘z tarkibi uchun aniq, cheklangan bo‘ladi. Uning ma’nosi shu so‘z tarkibi (yasalish tarkibi) doirasida belgilanadi. So‘zning ma’nosi esa nutq, gap doirasida belgilanadi.

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling