bo‘yicha keys stadi texnologiyasi
“Keys-stadi” yordamida o‘qitishda nutqda qo‘llaniladigan noadabiy til vositalari aniqlanadi, yechimlar topiladi, tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Ushbu keysni qo‘llashning maqsad va vazifalari:
Talabalar "Ona tili” fani tarkibida o‘zlashtirilgan nofaol leksika haqidagi ma'lumotlarga tayangan holda ularni nutqda qo‘llashni amaliy jihatdan o‘rganadilar. Kishilar nutqidagi kamchiliklarni mustaqil tahlil qiladilar, sabablarini aniqlaydilar, yechimlarini izlab topadilar, bu jarayonda o‘z nutqiga alohida e'tibor qilishga, nutqiy nuqsonlarini to‘g‘irlashga harakat qiladilar. Shu bilan birgalikda tahsil oluvchi o‘zlashtirishi zarur bo‘lgan bilim va malakalarga o‘z e'tiborini qaratadi.
Keysning maqsad va vazifalariga muvofiq materialni tanlash Keyslar uchun kishilar nutqidagi noadabiy til vositalari, talabalarning jonli nutqi borasidagi xususiy kuzatuvlar, mutaxassislarning fikri, nofaol leksikaga oid ilmiy adabiyotlardagi ma'lumotlar xizmat qiladi.
Materiallarni birlamchi qayta ishlash. O‘qituvchi keysda ko‘rsatilgan muammo bo‘yicha ma'lumotlar to‘plab, ularni ishlab chiqadi.
Keys aprobatsiyasi (sinab ko‘rish). Muayyan vaziyatning tahlili sifati va auditoriyada uni muhokama qilishda tahsil oluvchilarni jalb etish darajasi ushbu usulni qo‘llashda alohida ahamiyat kasb etadi. So‘zsiz, o‘qituvchi qanchalik mahoratli bo‘lmasin, u o‘z yutug‘ini auditoriya bilan baham ko‘rishga majburdir. Shuning uchun, tahsil oluvchilar keys-stadini qo‘llab o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarga tegishli ravishda tayyorlanishi juda muhimdir.
“Talabalarda adabiy til normalariga rioya qilish ko‘nikmasini hosil qilish muammolari”(Xonandalar nutqi misolida).
Bizga ma'lumki universitetda talabalar, hatto o‘qituvchilar nutqida ham nutqiy kamchiliklar uchraydi. Biz quyida nofaol leksika tarkibiga kiruvchi dialektlarning kishilar nutqida noo‘rin qo‘llanilishiga alohida e'tibor bermoqchimiz. Bu kamchiliklar anchagina. Talabalardan quyidagi narsalar talab qilinadi:
Jargonlar, sheva so‘zlarning nutqda noo‘rin qo‘llanilishini aniqlash va ularning aniq ro‘yxatini tuzib chiqish;
Bu kamchiliklardan har birining sabablarini aniqlash;
Ushbu kamchiliklarni to‘g‘irlashning yechimlari;
Xulosa va takliflar ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |