Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


O‘qituvchi tomonidan tayyorlangan nutqiy muammolar bo‘yicha ma'lumotlar


Download 4.13 Mb.
bet394/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   388   389   390   391   392   393   394   395   396
Bog'liq
МТ Она тили

O‘qituvchi tomonidan tayyorlangan nutqiy muammolar bo‘yicha ma'lumotlar:
Kishilar nutqida uchraydigan kamchiliklar quyidagilar:

  1. So‘z boyligining yetarli emasligi;

  2. Noadabiy til vositalaridan noo‘rin foydalanishi:

A) shevadan foydalanish;
V) argo va jargonlarni qo‘llash;
S) varvarizmlarni qo‘llash;

  1. Leksik birliklarni noo‘rin qo‘llash;

  2. Tilga kirib kelgan neologizmlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish va h.k.

Ushbu ro‘yxat talabalar tomonidan keys taqdimotidan so‘ng yanada to‘ldiriladi.
Nutqiy kamchiliklarning yuzaga kelish sabablari:

  1. Maktabda va oliygohda fan o‘qituvchilarining o‘zlari ham shevada gapirishga odatlanganligi;

  2. O‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchilarining o‘quvchi nutqiga e'tiborsizligi;

  3. Maktabda alohida nutq madaniyati fanlarining o‘qitilmasligi;

  4. Talabaning o‘z nutqini tashqaridan kuzatmaganligi;

  5. Muhitning ta'siri. Talabalar bir-birlarining nutqiga munosabat bildirmasligi;

  6. Odobsizlik, ma'naviy saviyaning yetarli darajada emasligi;

  7. Omma, jamoa oldida erkin ma'ruzalar qilmaganligi, o‘zini olib qochish, tortinchoqlik, tanqidlarga chidamsizlik;

  8. O‘z nutqi ustida ishlamaganligi;

  9. Televizor yoki ommaviy axborot vositalarini ko‘rmasligi;

  10. Badiiy asar o‘qimaganligi;

Talabalar taqdimotidan so‘ng sabablar ro‘yxati yana to‘ldiriladi.
yechimlar :

  1. Adabiy til normalarini o‘rganish va rioya qilish;

  2. Televidenie orqali ma'naviy-ma'rifiy kanallarni ko‘proq tomosha qilish;

  3. Gazeta, jurnal o‘qib turish;

  4. Tadbir, yig‘inlarda ma'ruzalar bilan chiqish qilish, unga tayyorgarlik ko‘rish;

  5. O‘zi va va do‘stlarini badiiy asar o‘qishga chaqirish, chorlash, ularga ta'sir qilish, asar haqida bahs-munozara tashkil qilish;

  6. Olimlar, yozuvchilar, notiqlar suhbatini tinglash, eshitish, ularning nutqini tahlil qilish, o‘ziga kerakli tomonlarini taqlid asosida o‘zlashtirish;

  7. Har kuni “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” ni bir marotaba bo‘lsada varaqlab, so‘zlar, ularning ma'nosi, qo‘llaniladigan o‘rinlari haqida ma'lumot olish;




Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   388   389   390   391   392   393   394   395   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling