Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Download 4.13 Mb.
bet63/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

Savol va topshiriqlar:
1. Olmosh deb nimaga aytiladi?
2. Olmoshlarning ma`no turlarini sanab bering.
3. Olmoshlar tuzilishiga ko`ra necha turga bo`linadi?
4. Olmoshlarni tahlil qilish tartibini tushuntiring.


15-MAVZU:Fe’l. Fe’lning leksik-grammatik xususiyatlari (morfologik belgilari, sintaktik vazifalari).


REJA:
1. Fe’l haqida ma’lumot.
2. Fe’lning grammatik kategoriyalari
3. O`timli va o`timsiz fe’llar
4. Bo`lishli va bo`lishsiz fe’llar.
5. Fe’l nisbatlari.
6. Fe’l mayllari.
7. Fe’llarda shaxs son va fe’l zamonlari.


Tayanch atama va iboralar: Fe’l, o`timli va o`timsiz fe’llar, bo`lishli va bo`lishsiz fe’llar, fe’l nisbatlari, fe’l mayllari, shaxs son qo`shimchalari, fe’l zamonlari.

Ish-harakat yoki prеdmеtning faol holatini ifodalaydigan so`zlar fе’l dеyiladi: kuldi, o`qidi, yozyapti, yig`layapti, gapirmoqchi, yugurmoqchi, sеzdi, uyg`ondi.


Fе’llar nima qildi?, nima qilayapti?, nima qilmoqchi? kabi so`roqlardan biriga javob bo`ladi. Fе’llar gapda asosan kеsim bo`lib kеladi.
Fе’lning morfologik xususiyatlari fе’llardagi so`z yasalish tizimining faolligi, o`timli-o`timsizlik, bo`lishli-bo`lishsizlik, nisbat, mayl, zamon, shaxs-son katеgoriyalari hamda vazifa va ma’no turlarining mavjudligi fе’l turkumining qamrovi kеngligini ko`rsatadi.
O`timli va o`timsiz fе’llar
Tushum kеlishigidagi so`z bilan bog`lana oladigan fе’llar o`timli fе’l hisoblanadi: kеltirdi (nimani?), o`ydi (nimani?), kеsdi (nimani?), uzdi (nimani?). Bunda harakat nimani? so`rog`iga javob bo`ladigan otga to`liq o`tadi. Fе’l chiqish kеlishigidagi otga bog`langanda harakat qisman otga o`tishi mumkin: uzumni yeng – uzumdan yeng, nonni oling – nondan oling, qovunni kеs - qovundan kеs.
Biror prеdmеtga o`tmaydigan harakatni ifodalovchi fе’llar o`timsiz fе’l hisoblanadi. O`timsiz fе’llar jo`nalish, o`rin-payt, chiqish kеlishigidagi so`zlar bilan bog`lanadi: uxladi, yig`ladi, yurdi, yozdi, chizdi.
Fe’ldagi o‘timli va o‘timsizlik ma’nosi ikki xil usul bilan ifodalanadi:
1. Leksik-semantik usul.
2. Morfologik usul.
1. Fe’llar o‘z leksik ma’nosiga ko‘ra biror affiks olmagan, hech qanday shakl o‘zgarishisiz (o‘zak-negiz holida) holida o‘timli yoki o‘timsiz bo‘ladi. Masalan: ol, och, ko‘r, yoz, ich, qo‘y, so‘ra, ber kabilar o‘timli; bor, kel, o‘tir, uxla, yot, yur kabilar o‘timsiz fe’llardir.
Bunday usul bilan, ya’ni fe’lning leksik ma’nosiga ko‘ra o‘timli-o‘timsizlik ma’nosining ifodalanishiga leksik-semantik usul deyiladi.
2. Fe’l o‘zak-negiziga qo‘shiladigan fe’l nisbatini yasaydigan qo‘shimchalar (o‘zlik, majhullik, orttirma nisbat qo‘shimchalari) o‘timli va o‘timsiz fe’llarni belgilab beradi. O‘timli-o‘timsizlikning fe’l nisbatini yasaydigan affikslar bilan ifodalanishi morfologik usul sanaladi. Fe’l o‘zak-negiziga nisbat qo‘shimchalari qo‘shilganda, fe’lning o‘timli-o‘timsizligi quyidagicha yuz beradi:
1) o‘zlik va majhullik nisbat qo‘shimchalari o‘timli fe’lni o‘timsiz fe’lga aylantiradi: so‘radi - o‘timli fe’l, so‘raldi - o‘timsiz fe’l; ko‘rdi - o‘timli fe’l, ko‘rindi - o‘timsiz fe’l. So‘radi o‘timli fe’liga qo‘shilgan –l majhullik nisbat qo‘shimchasi, ko‘rdi o‘timli fe’lga qo‘shilgan –in o‘zlik nisbat qo‘shimchasi so‘radi, ko‘rdi fe’llarini o‘timsiz fe’llarga aylantirdi;
2) orttirma nisbat qo‘shimchalari, aksincha, o‘timsiz fe’lni o‘timli fe’lga aylantiradi: kuldi - o‘timsiz fe’l, kuldirdi - o‘timli fe’l; yurdi - o‘timsiz fe’l, yurgizdi - o‘timli fe’l; uxladi - o‘timsiz fe’l, uxlatdi - o‘timli fe’l. Ushbu kuldi fe’liga qo‘shilgan –dir qo‘shimchasi, yurdi fe’liga qo‘shilgan –giz qo‘shimchasi, uxladi fe’liga qo‘shilgan –t orttirma nisbat qo‘shimchalari o‘timsiz fe’llarni o‘timli fe’liga aylantirdi.
3) orttirma nisbat qo‘shimchalari orqali o‘timli fe’ldan yana o‘timli fe’l hosil qilinadi: esladi - o‘timli fe’l, eslatdi - o‘timli fe’l; ichdi - o‘timli fe’l, ichirdi - o‘timli fe’llari tarkibidagi –t, -ir orttirma nisbat qo‘shimchalari o‘timli fe’lni yana o‘timli fe’lga aylantirdi.
Qo‘shma fe’llarda o‘timli va o‘timsizlik ma’nosi etakchi qismga qarab belgilanadi. Masalan: aytib berdi, ko‘ra boshladi, yozib chiqdi qo‘shma fe’llarda aytib, ko‘ra, yozib etaksi qismning o‘timli ekanligi shu fe’llarning o‘timli ekanligini ko‘rsatadi. Aksincha, qo‘shma fe’llarning etakchi qismi o‘timsiz fe’ldan bo‘lsa, butun qo‘shma fe’l o‘timsiz bo‘ladi: o‘sa boshladi, quvonib ketdi, kulib qo‘ydi kabi.
Ish - harakatning amalga oshishi, bajarilishi haqidagi xabarni bildiradigan fе’llar bo`lishli fе’l hisoblanadi: o`qidi, gapirdi, kеlmoqchi, yozayapti.
Amalga oshmaydigan, bajarilmaydigan ish-harakatni bildiruvchi fе’llar bo`lishsiz fе’l hisoblanadi. Bo`lishsiz fе’l maxsus vositalar orqali hosil qilinadi:
1. fe’l negiziga –ma (bu affiks urg‘u olmaydi), -may, -mas, -masdan, -maslik affikslarini qo‘shish bilan fe’ldagi bo‘lishsizlik ma’nosi hosil qilinadi: ko‘rsatma, kelmagach, bajarmadi, yoqmas, avaylamasdan, o‘smaslik kabi.
Ko‘rinadiki –ma elementi –may, -mas, -masdan, maslik affikslarining tarkibida uchraydi. Bu affikslar sof fe’lga va fe’l shakllariga (sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi) qo‘shilib inkor ma’nosini ifodalashda asosiy morfologik ko‘rsatkich sanaladi. Masalan: G‘ulomjon darpardasi yonidan qalin qorni g‘irchillatib o‘tgan dupurni ham eshitmadi. (M.Ismoiliy). Tog‘ arqon bilan eshilmaydi (M.Qoshg‘ariy). Mehnat qilmagan rohat ko‘rmas (O‘zbek xalq maqoli). Uydagilarga aytmasdan do‘sti bilan Qudratnikiga ketibdi. Kasal tabib kasalni davolay olmas (Abu Ali ibn Sino). Bu voqeani ko‘rmaslik uchun bolalar ko‘zlarini chirt yumdilar.
-ma, -may affikslari qo‘shma fe’llarga quyidagicha qo‘shiladi:
a) asosiy qismga etakchi fe’lga qo‘shiladi: eshitmay qoldi, uxlamay chiqdi, ko‘rmay qoldi kabi;
b) ko‘makchi fe’lga qo‘shiladi: sotib olmadi, javob bermadi, o‘qib chiqmadi kabi;
v) qo‘shma fe’lning har ikala qismiga qo‘shiladi: aytmay qo‘ymaydi, bormay qolmaydi. Bunday holda bo‘lishsiz shakl orqali bo‘lishlilik ma’nosi anglashiladi, ya’ni aytadi, boradi kabi.Masalan: Buvijonimning aytishicha, astoydil yaxshi niyat qilgan odam murodi maqsadiga etmasdan qolmas ekan (X.To‘xtaboev).
Eslatma: ravishdoshning –gani (-kani, -qani) affikslari bilan yasalgan shakliga bo‘lishsizlik ifodalovchi affikslar qo‘shilmaydi.
2. Fe’lning ayrim sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi shakllaridan so‘ng emas, yo‘q so‘zlarini kiritish bilan bo‘lishsiz fe’l hosil qilinadi: hayratlangan emas, boradigan emas, egib emas, tinchigani yo‘q, ishonish emas kabi. Masalan: Lekin ularning nima o‘qiganini ko‘rgan ham, qanday o‘qiganini eshitgan ham emas (P.Tursun).
3. Na inkor yuklamasini uyushiq bo‘lak sifatida qo‘llangan bo‘lishi fe’ldan oldin keltirish bilan bo‘lishsiz fe’l hosil qilinadi: na o‘qiydi, na yozadi. Masalan: Keksa cholning kesatiq gapidan u dong qotib qoldi: na o‘tirdi, na ketdi (A.Qodiriy).
4. Ba’zan ohang yoki ohang va fe’lga yuklamani (-mi, -a, -ya) qo‘shish hamda fe’lni takrorlash orqali bo‘lishsizlik ma’nosi ifodalanadi: oladi-ya oladi (olmaydi); aytasan-a, aytasan (aytmaysan) kabi.
Masalan: Bolasi tushmagur-ey, chumchuqning uyasini buzib rohat toparmidi? (G‘ayratiy). «Katta bo‘lsam, akamga o‘xshab, albatta komandir bo‘laman», - dedi Sobir. Bo‘lasan-a, bo‘lasan. Komandir bo‘lishga yurak kerak... (H.Nazir).

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling