Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Download 4.13 Mb.
bet75/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

Fe’l tahlili namunasi:
1. So‘rog‘i.
2. Bo‘lishli yoki bo‘lishsiz¬ligi.
3. O‘timli yoki o‘timsizligi.
4. Nisbati.
5. SHaxs-soni
6. Zamon turi.
7. Mayl turi. 8. To‘liq yoki to‘liqsizligi.
9. Etakchi, ko‘makchi fe’llar aniqla¬nadi.
10. Vazifadosh (xoslangan) shakllari.
11. Tuzilish turi.
12. Tub yoki yasamaligi.
13. Gapdagi sintaktik vazifasi

Namuna: Yana o`shanday qayg`uli ovoz eshitildi (T. Qaipbеrgеnov).


Nimaqildi? Bo`lishli, o`timsiz, majhulnisbat –il, aniqlikxabarmaylida, IIIshaxsbirlikshaklida, o`tganzamon, yaqino`tganzamonshakli, soddafе’l, gapdakеsimvazifasidakеlgan.


Savol va topshiriqlar:

    1. O‘zbek tilida fe’llar necha xil usul bilan yasaladi?

    2. Fe’lning tuzilish jihatdan turlarini ayting.

    3. Fe’lning modal ma’no ifodalovchi shakllarini aytib bering.

    4. Fe’llarda modal ma’no qanday ifodalanadi?

    5. Ko‘makchi fe’llar haqida gapiring.

    6. To‘liqsiz fe’llarni sanab bering.

18-MAVZU: Ravish. Ravishning leksik-grammatik xususiyatlari.


REJA:
1.Ravish so`z turkumi haqida ma’lumot.
2.Ravishlarning ma’nosiga ko`ra turlari.
3.Ravish darajalari.
4.Ravishlarning yasalishi.
5.Ravishlarning tuzilishiga ko`ra turlari.
6.Ravishni tahlil qilish tartibi.
Tayanch atama va iboralar: ravish, holat ravishi, payt ravishi, o`rin ravishi, maqsad ravishi, miqdor-daraja ravishi, sabab ravishi, sodda ravish, qo`shma ravish, murakkab ravish, juft va takroriy ravish.

Harakat va holatning belgisini, belgining belgisini (sifat va ravishning), ba’zan predmetning (ot) belgisini bildiradigan mustaqil so‘z turkumi ravish deyiladi. Masalan: Qutlug‘ jon tez orada o‘zbekcha biyron-biyron gaplasha boshladi (O.). Ko‘kday bepoyon mening Vatanim (Q.Hikmat).


Sifat so‘z turkumi kabi ravish ham belgi bildiradi. Lekin sifat, asosan, predmetning belgisini, ravish esa, asosan, ish-harakatning belgisini, belgining belgisini bildiradi.
Ravish ish-harakatning bajarilish tarzi (astoydil urindi), payti (hozir keldi), o‘rni (yuqoriga intildi), miqdori (kam gapirdi), darajasi (nihoyatda achindi), sababi (noiloj ko‘ndi) va maqsadi (jo‘rttaga indamadi)ni anglatadi.
Ayrim ravishlar ba’zan otga bog‘lanib, predmetning noaniq miqdorini (ko‘p kitob), sifat va ravishning o‘ziga bog‘lanib, belgini kuchini; darajasini, o‘xshashligini (obdon pishiq, ancha ilgari, toshday qattiq) ifodalaydi. SHu ma’no xususiyatlariga ko‘ra ravish qanday? qay tarzda? qachon? qaerga? qaerda? qaerdan? qancha? qay darajada? nega? nima maqsadda? kabi so‘roqlariga javob bo‘ladi.
Ravish o‘ziga xos grammatik xususiyatlarga ega:
1) ravish boshqa so‘z bilan bog‘lanib kelganda morfologik jihatdan o‘zgarmaydi (so‘z o‘zgartiruvchi affikslarni olmaydi). Lekin ma’lum kelishik yoki egalik kelishik shaklida (qotib qolgan holda) ravishga ko‘chgan so‘zlar mavjud: kunda, yiliga, kunduzi, chindan, rostdan, yaqinda, birdan, birga kabi.
2) ravish belgi bildiruvchi so‘z bo‘lgani uchun sifat kabi belgini (harakatning belgisini) darajalab, chog‘ishtirib ko‘rsatish xususiyatiga ega. Biroq ravishlarda daraja anglatish sifatlardagi kabi taraqqiy qilgan emas. Ravish ham uch daraja ko‘rinishiga ega: oddiy daraja, qiyosiy daraja, orttirma daraja. Daraja ma’nosi sifat darajalaridagi vositalarning o‘zi bilan ifodalanadi. Belgini darajalab ifodalash, asosan, holat ravishlari (ayrim payt va miqdor)ga xos.

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling