Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Ravishlarning tuzilishi jihatdan turlari


Download 4.13 Mb.
bet80/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

Ravishlarning tuzilishi jihatdan turlari. Ravish tuzilishiga ko‘ra:
1) sodda, 2) qo‘shma, 3) juft, 4) takroriy ravishlarga bo‘ladi.
Sodda ravishlar bir o‘zak morfemadan tuziladi: yaqqol, ko‘p, hozir, vijdonan, kamtarona kabi.
Qo‘shma ravishlar ikki so‘z asosining birikishi orqali tuziladi: har gal, bir vaqt, tez fursatda, shu yoqqa kabi.
Juft ravishlar ikki so‘z asosining teng bog‘lanishidan tuziladi: hali-beri, erta-kech, eson-omon kabi.
Takroriy ravishlar esa bir so‘z asosini aynan takrorlash bilan yoki ikkinchi takrorlangan ravishda tovush o‘zgarishi yuz bergan holda tuziladi: endi-endi, asta-asta, oz-moz, sal-pal, zo‘rg‘a-zo‘rg‘a kabi.
Takroriy ravishlar so‘zning leksik ma’nosini o‘zgartirmay, balki ortiqligi, kamligi, noaniqlik, ta’kid kabi qo‘shimcha ma’nolarni ifodalab keladi.


Ravish tahlili namunasi
1. So‘rog‘i.
2. Ma’no turi.
3. Darajasi.
4. Otlashgan yoki otlashmaganligi.
5. Tuzilish turi.
6. Tub yoki yasamaligi.
7. Gapdagi sintaktik vazifasi.

Namuna: U sеkin qo`l ko`tardi.


Sеkin – ravish; qay holda? holat ravishi; oddiy daraja; tub ravish; otlashmagan; kеsimga bog`lanib ish-harakatning bajarilish tarzini, holatini ifodalagan; gapda ravish holi vazifasida kеlgan.
Savol va topshiriqlar:
1. Ravish so`z turkumi deb nimaga aytiladi?
2. Ravivishlarni ma`no turlarini sanab bering.
3. Ravishlar tuzilishiga ko`ra necha turga bo`linadi?
4. Ravish darajasi deb nimag aytiladi?
5. Ravish yasovchi qo`shimchalari deb qanday qo`shimchalarga aytiladi?
6. Ravishlar qanday usullar bilan yasaladi?
7. Ravishlarni tahlil qilish tartibini tushuntiring.
19-MAVZU: Yordamchi so`zlar turkumi: ko`makchi, bog`lovchi, yuklama.


REJA:
1. Yordamchi so`zlar turkimi haqidama’lumot.
2. Ko`makchi va uning turlari.
3. Bog`lovchi va uning turlari.
4.Yuklama.

.



Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling