Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


KIRITMA GAPDA QAVS VA TIRЕNING ISHLATILISHI


Download 4.13 Mb.
bet114/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

KIRITMA GAPDA QAVS VA TIRЕNING ISHLATILISHI
1. Kiritma gap, оdatda, qavsga оlinadi. Masalan: Azamatlar o`nlab aravalarga va ikki mashinaga (jamоa o`n kun burun yana bir gruzоvоy оlgan edi) asbоb–uskunalar, оziqlar va o`zga birnav yuklarni ildamlik bilan оrtmоqda edilar. (О.) Оddiy, kamtarin оilada tarbiyalangan Sоnya (Salimani yoshligida shunday atar edilar) yoshlik chоg`laridanоq mеhnatsеvar bo`lib o`sdi. («Darakchi».)
2.Kiritma gap ba’zan tirе bilan ajratiladi. Masalan: Оltinchibrigadaning g`o`zasi–mana mеn hоzirgina aylanib kеldim–sira avj оlmayapti. (О.) Birdan Alеksеyning qulоg`iga–yoki hadеb qulоq sоla bеrganidan shunday tuyuldimikan–igna barglarning оhangdоr shildirashi оrasidan gum–gum qilib turgan tоvushlar eshitildi. (B. P.)

Gapni tuzishda bosh va ikkinchi darajali bo`laklar qatnashadi. Bunda ega va kesim gapning Grammatik asosi hisoblanadi. Sodda gaplar mana shu Grammatik asosiga ko`ra ikki turga bo`linadi:


1.Bir bosh bo`lakli gaplar
2.Ikki bosh bo`lakli gaplar.
Faqat birgina bosh bo`lakdan tashkil topgan gaplar bir bosh bo`lakli gap deyiladi. Gapda faqat ikki bosh bo`lak bo`ladi. Demak, faqatgina ega yoki unga aloqador bo`lgan tarkibdan, yoki kesim va unga aloqador bo`lgan so`zlardan tashkil topgan gaplar bir bosh bo`lakli gaplar deyiladi.
Masalan: Qishda Chimyonga boramiz.
Maktab bog`ida ishladik
Ega tarkibli gapda kesim, kesim tarkibli gaplarda esa ega ishtirok etmaydi.
Bir bosh bo`lakli gaplarning quyidagi turlari mavjud.

        1. Shaxsi aniq gaplar.

        2. Shaxsi noma’lum(noaniq) gaplar.

3.Shaxsi umumlashgan gaplar.
4.Shaxsi topilmas (shaxssiz) gaplar.
5.Infinitiv gaplar.
6.Atov (nominativ) gaplar.

BIR BOSH BO`LAKLI GAPLARNING TURLARI.


Yuqorida ta’kidlab o`tilganidek, tarkibiga ko`ra (gap tarkibida bosh bo`laklarning ishtirokiga ko`ra) bir bosh bo`lakli gaplar va ikki bosh bo`lakli gaplarga bo`linadi. Bir bosh bo`lakli i gaplarda ega yoki kesim ishtirok etmaydi.
Hozirgi o`zbek tilida bir bosh bo`lakli gaplarning quyidagi turlari mavjud:
1. Shaxsi ma’lum gap. Ega qo`llanmasa-da, uning belgilari kesim orqali konkret anglashib turadigan gap shaxsi ma’lum gap deyiladi.
Shaxsi ma’lum gaplarda fe’l kesimlarning grammatik, ot kesimning esa bog`lama shaklidan shaxs anglashilib turadi. Shuning uchun eganing shaxs ko`rsatuvchi olmosh yoki ot bilan qo`shimcha ravishda ifodalashga hojat qolmaydi. Kesimi buyruq maylining birinchi va ikkinchi shaxs shakllarida ifodalangan bir bosh bo`lakli buyruq gaplar ham shaxsi ma’lum gaplar hisoblanadi. Mas: Po`lat – Opajon, mashinada, olib borib qo`yaymi?
Surmaxon - Kerak emas, mashinangni pishirib ye.
Ko`rsatilgan gaplarning mazmuniy egalari men, sen olmoshlari hisoblanadi.

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling