Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Download 4.13 Mb.
bet115/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

2. Shaxsi noma’lum gaplar. Bunday gaplarda ega konkret bo`lmaydi. Kesimning formulasidagi gapning egasi shaxs ekanligi anglatib tursa-da, kesim noma’lum shaxslar tomonidan uch zamonning birida sodir bo`ladigan harakatni ifodalaydi : Qush edim qanotimni qayirdilar.To`rt g`oz, tuman pul, yigirmata qo`yga go`zal qiz Oyshani sotadigan bo`ldilar.
Shaxsi noma’lum gaplarda egani ifodalashga ehtiyoj bo`lmaydi, chunki so`zlovchining e’tibori shaxsga emas ish-harakatga qaratilgan bo`ladi. Tinglovchining e’tibori faqat ish-harakatga jalb qilinadi. Mas: Maktabni bitirgach, o`qidim, ishladim, uylandim, uy joyli bo`ldim.
3. Shaxsi umumlashgan gaplar. Egasi konkret bo`lmagan, kesimi orqali ifodalangan harakat umumga qaratilgan gap shaxsi umumlashgan gap deyiladi. Shaxsi umumlashgan gaplarning kesimi odatda ikkinchi shaxsning birligi formasidagi fe’l bilan ifodalanadi. M: Bugungi ishni ertaga qo`yma.
Hikmatli so`zlar va xalq maqollari odatda ko`proq shaxsi umumlashgan gaplar tipida bo`ladi. Bunday gaplarda konkret shaxs ko`zda tutilmaydi, balki harakatning hamma shaxs uchun taalluqli ekanligi ma’nosi anglatiladi. Mas: Yer haydasang kuz hayda – kuz haydamasang yuz hayda. Yaxshi so`zga quloq sol, yomon so`zga o`roq sol.
4. Shaxsi topilmas (shaxssiz gaplar). Egasi bo`lmagan gaplar shaxssiz gaplar deyiladi. Shaxssiz gaplar shaxsi ko`rsatilmaydigan ish proseslarini ifodalaydi.
Shaxssiz gaplar eganing ifodalanmasligi bilan emas, balki umumiy uning bo`lmasligi bilan xarakterlanadi. Mas: Hurlik uchun yig`lash emas, kurashish kerak.
Shaxssiz gaplarning kesimlari quyidagicha ifoda qilinadi.

  1. To`g`ri kelmo`q fe’lining turli shakllari bilan: endi ko`p qiyinchiliklarni yengishga to`g`ri keladi.

  2. Vaqt anglatuvchi so`zlar, son yoki ko`p ancha singari ravishlarning bo`lmoq, to`lmoq, o`tmoq, oshmoq, fe’llari bilan birikib kelishi bilan. Bu voqeaga ancha bo`ldi. Yigit ekib tamomlaganiga besh kun bo`ldi.

  3. Harakat nomi va kerak, lozim, zarur yoki mumkin so`zlaridan tashkil topgan birikmalar bilan: Bu ishga ertaroq kirishish kerak dedi rais. Kutubxonadan kerakli kitoblarni olish lozim.

4. –b, -ib qo`shimchalari ravishdosh va turli shakldagi bo`lmoq fe’lining birikib kelishi bilan: Bu xatni mazmunini birovga aytib bo`lmaydi. Bunaqangi qishloqni Farg`ona vodiysida ham topib bo`lmaydi.

  1. Fe’lning majhullik nisbati bilan: Bugin kinoga boriladi. Sizning ketishingizga ruxsat berildi.


Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling