Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi
Download 4.13 Mb.
|
МТ Она тили
- Bu sahifa navigatsiya:
- Infinitiv gap.
5. Atov (nominativ) gaplar. Narsa va predmetlarning hozirgi zamonda mavjudligini tasdiq yo`li bilan ko`rsatadigan gap nominativ gap deyiladi. Nominativ gaplar atov gaplar deb ham yuritiladi. Nominativ gaplar narsa-predmet voqea-hodisani atabgina qolmasdan balki uning mavjudligini maxsus intonatsiya bilan tasdiqlaydi. Natijada bir yoki birdan ortiq so`zlar birikmasi ma’lum bir sharoitda mustaqil bir fikr ifodalaydi. Mas: Bahor. Hammayoq yashil libosga burkangan.Tun. Dunyoni zulmat bosgan.
Nominativ gaplar yig`iq va yoyiq bo`ladi. Osmon to`la yulduz oy yarqirab turibdi. Oysiz, yulduzsiz, bulutli qorong`u kecha. Ko`z ko`zni ko`rmaydi. Mazmun va emotsional qimmatiga ega ko`ra nominativ gaplar quyidagilarga bo`linadi. Tabiat manzaralarini aks ettiruvchi tasviriy nominativ gaplar: Keng sahro, quruq cho`l, suv manbalaridan darak yo`q. Payt anglatuvchi nominativ gaplar: Shom payti. Qorong`ulikquyuqlashib bormoqda. Hayot voqealarini bildiruvchi nominativ gaplar: Yoqimli ohang. Quvnoq qo`shiqlar. Anorxon yo`lida to`xtab tinglaydi. Ko`rsatuv xarakteridagi nominativ gaplar: Mana guzar. Mana odamlar. Odamlar uni o`rab oldilar. Nominativ gaplardan keyini kelgan gaplar unda ifodalangan voqea hodisalarni boshqa voqea tasviri bilan kengaytiradi. Qorong`u tun. Poyezd tezroq manzilga yetish uchun shoshilmoqda. Nominativ gaplarda ifodalangan hodisalar ko`pincha emotsional xarakterda bo`ladi. U ko`pincha emotsional intonatsiya bilan talaffuz qilinadi: Ota ! Naqadar ko`ngilga yoqimli. 6. Infinitiv gap. Hokim komponenti infinitiv bilan ifodalangan gaplar infinitiv gaplar deyiladi. Mas: Oyga uchish, yulduzlarni ko`rish bu chinakam zavqli bo`lsa kerak. Infinitiv gaplarda fikr ma’lum bir ish-harakat nomi bilan ifodalanadi. Bu xil gaplar ajablanish, istak orzu, hoxish, g`azab, norozilik kabi ma’nolarni beradi.Mas: Gul sayriga chiqmoq! Buni kim bilmaydi deysiz. Yoshlikda onadan ajralish! Etim qolish! Eh, urushning nimasini aytasiz. Infinitiv gaplar tuzilishiga ko`ra yig`iq va yoyiq bo`ladi. Infinitivning (hokim so`z) o`zi bilan ifodalangan gaplar yig`iq, infinitivga tobe bo`laklar (to`ldiruvchi, hol) bilan kengayib kelgan gap yoyiq infinitiv gaplarni tashkil qiladi. Infinitiv gaplarda predikativlik maxsus yo`l bilan ifodalanadi. Bunda intonatsiya muhim rol o`ynaydi. Infinitiv gap intonatsiya bilan aytiladi. Infinitiv gaplar keyin ko`pincha bitta gap keltiradi. Bu gap infinitiv gapning mazmuni bilan bog`lanib uni konkretlashtiradi. Download 4.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling