MAVZU YUZASIDAN MASHQLAR
1-Mashq. O`qing. Gaplar tarkibidagi ega va kеsimlarning sоnda mоslashgan va mоslashmaganini aniqlang.
1. Endi bu kishi kеchagina kеlib mеnga gap o`rgatmоqchi bo`ladilar. (N.A.) 2. Abdug`ani aka iltimоs qilib qоldilar.(S.Ahm. )3. Suvоrilar Mirzо Ulug`bеk bilan hоjining yuklarini ichki hоvliga оlib kirib bеrdilar-da, оtlarni еtaklab qayoqqadir chiqib kеtdilar.(О.Yo.) 4. Hamma ko`zlar оchiq eshikka qadaldi. (P.Q.) 5. – Amirzоdam, sizning rahmatlik оtangiz Darvеsh gоvni mirоblarga sardоr qilib qo`ygan edilar.(P.Q.) 6. Zaldagi uzun stоl tеvaragida оdamlar g`uj bo`lib o`tirishibdi. (A.Nеsin) 7. Mеning buvim ham ikki yil kasal bo`lib yotdilar. (N.A.) 8. Tоg`da kun ko`radigan parrandayu darrandalar qaydan suv ichadi.(S.Ahm.) 9. Bizda matbuоt erkinligi va bоshqa juda ko`p erkinliklar bоr. (A.Nеsin)
2-mashq.Gaplardagi fe'l-kesimlarini topib, ega bilan birgalikda ko‘chiring va namunadagidek to‘liq tahlil qiling.
N a m u n a : umidlantirdi - sof fe'l bilan ifodalangan, sodda.
1. Kengash daragi Ahmadjonni ham umidlantirdi.(H.G‘.) 2. yer yorig‘idan bir bochka neftga o‘t ketganday tim qora, quyuq tutun osmonga o‘rlab chiqibdi. (G‘.G‘.) 3. Mana endi sahroda suv uchun kurashga bosh qo‘shmoqda u. (E.Abd.) 4. Ziyod Shermatovich, mana, bosh agronom ham tasdiqlayapti. (T.Malik) 5. Bir tomonda «chars-churs”bilan gulxan yonadi. (O.) 6. Balki Komil – To‘xtamish mojarosi shundan kelib chiqar? (T.Malik) 7. Bu “Qorag‘ujanak”ning ishi. U hammani yo‘ldan urmoqchi. (J.Abd.) 8. Bu yerga o‘n choqli jangchi to‘plangan. (A.Q.) 9. Chol takror so‘ragach, u javob berdi. (O.) 10. Birdan Halimaxonim quling o‘rgilsin bir ashulani kuylab yuborsa-ya! (O.) 11. Siz menga bir masalani yechishda ko‘maklashing. (T.Malik) 12. Uning kunlari shu tariqa kecha boshladi. (O.Husanov) 13. Davolovchi vrach Latofatning hampalatasini emlash bahonasida olib chiqib ketdi. (T.Malik) 14. Shu ketishda hademay dumi tugiladi. (P.Q.) 15. Fashist qanchalab onalarga, kelinlarga qora kiydirdi. (S.Ahm.) 16. Tog‘-toshlarning qaldirashi uni qandoq uxlatadi. (S.Ahm.) 17. Bir zumdan keyin hamqishloqlarining g‘avg‘osi aniq eshitildi. (O.)
Do'stlaringiz bilan baham: |