MAVZUGA OID TARQATMA MATERIALLAR.
1-Tarqatma material.
Bеrilgan gapdagi ikkinchi darajali bo`laklarni tahlil qiling:
Qishlоqning u bоshidan bu bоshiga еtgunga qadar birоr kimsaning qоrasi ko`ringani yo`q.
2-Tarqatma material.
Ikkinchi darajali bo’laklarni sanab bering.
To’ldiruvchini qaysi kelishik qo’shimchalari bilan hosil qilinadi?
MAVZU YUZASIDAN MASHQLAR
1-mashq.Gaplardagi vositasiz to‘ldiruvchilarni o‘zi bog‘langan so‘z bilan ko‘chiring, belgili va belgisiz qo‘llanganini aniqlang.
N a m u n a : nido (ni) eshitardi - belgisiz.
1. Uning g‘amdan ado bo‘lgan yuragiga quloq solgan kishi shunday nido eshitardi. (S.Ahm.) 2. Komiljon ochiq chehra bilan Manzuraga qo‘l uzatdi. (J.Abd.) 3. Ikki xil fikr bir-biri bilan olishar va qaysinisi g‘olib chiqishini o‘zi ham bilmay qiynalardi. (J.Abd.) 4. Uning ketidan yana bir necha xotin bolasini mingboshining oyog‘i ostiga tashladi. (A.Q.) 5. Kechki shamol g‘irillab, dimoqqa xushbo‘y hidlar olib keladi. (I.R.) 6. Manzura injenerlikning mas'uliyatini yana bir bor his qildi. (J.Abd.) Qiz shu “g‘oya”ni ko‘proq bilishga qiziqdi. (J.Abd.) 7. Bu mahallada ham yangi og‘aynilar orttirganman. (G‘.G‘.) 8. Bahorning shamoli ularni uchirib qaysi bir ovloqlarga tiqib keldi. (T. Malik) 9. Odatdagiday bu kun erta bilan ham Bo‘ronboyning xizmatchisi eski qarzlarini so‘rab keldi. (H.O.) 10. Xalq asta-sekin qomatini rostladi. (A.Q.) 11. Nihoyat, shang‘i samovarchi jo‘mragi uchiga jez qoplangan choynakni va bir ola pes piyolani yigitning oldiga do‘q etib qo‘yib ketdi. (O.) 12. O‘z bolasining fe'lini ona bilmasa, kim biladi. (H.G‘.) 13. Qanday qilib eshiklardan o‘tganini, zinalardan chiqqanini bilmadi. (Sh.) 14. Saltanat shularning barini kattalardan eshitgan edi. (O‘.Usm.) 15. Rahmatli onasi nimalarni orzu qilar edi! (O.) 16. Bugungi vaxtani Elmirzaevning o‘zi tashkil qilgan edi. (I.R.)
Do'stlaringiz bilan baham: |