Uyga vazifa:
Vositali to‘ldiruvchilarni o‘zi bog‘langan so‘zlar bilan birga ko‘chiring va so‘roqlarini yozing.
N a m u n a : qalamda yozdi.
1. Ko‘klamda Nafisadan durustgina dashnom eshitganidan buyon u hayot haqida boshqacharoq, chuqurroq o‘ylaydigan bo‘lib qoldi.(H.G‘.) 2. U ham tog‘asi bilan ertaga bo‘ladigan marosim to‘g‘risida, Vohid Mirobidov rahbarligida o‘tadigan himoya to‘g‘risida gaplashishi kerak. (O.Yo.)
3. Ko‘rsatkich barmog‘i bilan shipni ko‘rsatdi. – Bari yuqoridan, bizda gap yo‘q, - dedi. (T.Murod) 4. Boisi, davra uchun olib kelingan mollar sovuqqa chidayolmay qochib keta berdi. (T.Murod) 5. Ziyo shohichining kulib aytgan so‘zlariga qutidor sira ham tushunmas va kutilmagan mehmon-larning kelish sababiniso‘ramoqdan iymanar edi. (A.Qod.) 6. U Sanobar bilan yigirma yil yashadi. (S.Ahm.) 7. Tog‘am qancha nasihat qildi, men bilan qancha gaplashdi. (O.) 8. Bu kimsasiz, xilvat xaroba qanchadan- qancha yo‘lovchilarning mol-joniga zavol bo‘lmagan. (K.Yashin) 9. Yo‘l-yo‘lakay u Nizomjon haqida, alam o‘tida qolgan Dildor haqida o‘ylab borardi. (S.Ahm.)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
Asosiy adabiyotlar
1.Hamrayev M.,Muhamedova D.,Shodmonqulova D.,G‘ulomova X.,Yo‘ldosheva Sh. Ona tili. Toshkent, “Moliya-Iqtisod” 2007-yil. -300 bet.
2. Ikromova R., Muhamedova D., Hamrayev M. Ona tilidan mashqlar to‘plami. TDPU, Toshkent, 2009. -240 bet.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1.Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.-Toshkent: “O`zbekiston” – 2016. 56 B.
2.Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz.-Toshkent: “O`zbekiston” – 2016. 488 B.
3. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 2005, “Talqin” nashriyoti
4. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. 2006,“Universitet” nashriyoti.
5. Yunusov R. O‘zbek tilidan praktikum. 1-qism, 2006, TDPU.
Do'stlaringiz bilan baham: |