Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


-mashq.O‘qing. Gapning ikkinchi darajali bo‘laklarini aniqlang


Download 4.13 Mb.
bet263/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

2-mashq.O‘qing. Gapning ikkinchi darajali bo‘laklarini aniqlang.
1. Avazga hozir bu shabada yoqimli salqinlik berardi. (P.Q.) 2. Azizning bu fikrini hyech kim rad etmaydi. (O‘.Usm.) 3. ... qizga o‘zbek qishlog‘ining sodda hayoti, oq ko‘ngil odamlari juda yoqdi. (S.Ahm.) 4. Stol ustida sxemalar, papkalar tartibsiz holda yotardi. (J.Abd.) 5. Ertasiga Masturahaqida yana bir ko‘ngilsiz gap eshitdik. (A.Q.) 6. Uning qarshisida o‘tirganida har dam undan mo‘jiza kutar edi. (A.Q.) 7. Yoshligidan texnikaga ishqibozligidan bo‘sh vaqtini traktorchilar bilan o‘tkazgan. (I.R.) 8. Shu bu yil to‘qqizinchi chisloda mana shu Asrorquldan Haydar otaga xat keldi. (A.Q.) 9. Hali qancha odam Toshkentda metro bo‘lishini tasavvur ham qilolmaydi. (P.Q.)
SAVOL-JAVOB ORQALI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH

  1. Ikkinchi darajali bo’laklarga misol keltiring.

  2. To`ldiruvchi dеb nimaga aytiladi?

  3. To`ldiruvchilar nеcha turga bo`linadi?

  4. Vоsitali to`ldiruvchi haqida ma’lumоt bеring?

  5. Vоsitasiz to`ldiruvchiga misоllar kеltiring.

  6. To`ldiruvchi qaysi so`z turkumlari bilan ifоdalanishi mumkin?

  7. To`ldiruvchilar bеlgisiz kеla оladimi?

  8. Sоdda to`ldiruvchilarning хususiyatlari nimada

  9. Murakkab to`ldiruvchilarning misоllar оrqali tushuntiring.

MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN TESTLAR.
1. To‘ldiruvchining grammatik belgisi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
A) To‘ldiruvchi odatda boshqa so‘zlarga boshqaruv yo‘li bilan bog‘lanadi.
B) To‘ldiruvchi tushum kelishigidagi so‘z bilan belgili yoki belgisiz qo‘llanishi mumkin.
C) To‘ldiruvchi o‘rin-payt, chiqish, jo‘nalish kelishiklari shaklida bo‘lishi mumkin.
D) To‘ldiruvchi o‘zi bog‘langan so‘zga nisbatan tobe yoki hokim sanalishi mumkin.
2. Belgisiz to‘ldiruvchi doim qanday gap bo‘lagi oldida joylashadi?
A) hol oldida B) ot-kesim oldida
C) fe’l-kesim oldida D) hol va kesim oldida
3. Ravish gapda to‘ldiruvchi vazifasini bajargan qatorni aniqlang.
A) Mayor sabrsizlanib, har yoqqa tikildi. B) Xayollarim shamoldan tezroq uchardi. C) Ko‘p kitoblar o‘qib chiqdim. D) Ko‘pdan quyon qochib qutulmas.
4. Otlashgan so‘z bilan ifodalangan to‘ldiruvchini toping.
A) Sen o‘zingni maqtama, seni birov maqtasin. B) Chiniqqanga dard yuqmas.
C) Kulgi yuzni go‘zal qiladi. D) Ko‘rmaganlar ko‘rishni orzu qildilar.
5. Qaysi qatorda to‘ldiruvchili birikmalar berilgan?
A) qishloqdagi binolar, kitobdan ko‘chirmoq B) tunda kelmoq, qunt bilan ishlash C) choynakdan kattaroq, Hasanning taqdiri D) otdan baland, kitobni o‘qib chiqmoq.

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling