Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Download 4.13 Mb.
bet64/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

Fе’l nisbatlari
Fe’l ifodalagan harakat bilan uning bajaruvchisi (sub’ekti) va predmeti (ob’ekti) yoki bir necha bajaruvchi (sub’ektlar) orasidagi munosabatning ifodalanishi fe’l nisbati deyiladi. Harakat bilan uning bajaruvchisi orasidagi munosabat turlicha bo‘ladi. Ma’lum bir shaklda harakat ega bilan ifodalangan shax syoki predmet tomonidan bajariladi. Masalan: Bobur ota yurtidan batamom ajralganini endi astoydil his qildi (P.Qodirov).
Boshqa bir shaklda harakatning sub’ekti (ega) ham, ob’ekti ham bir shaxsning (predmetning) o‘zi bo‘ladi. Masalan: Feruzaga hovliga tushib, shabnamda qiyg‘ os ochilgan atirgullar ustiga egildi. (H.G‘ulom).
YAna bir ko‘rinishda harakatning bajaruvchisi sub’ekt emas, ob’ekt sanaladi yoki harakatning haqiqiy bajaruvchisi noma’lum bo‘ladi. Masalan: Tashqarida so‘riga gilam to‘shaldi, ko‘rpacha solindi. Dasturxon yoyildi, choy damlandi (Tog‘ay Murod).
SHuningdek, harakat bir necha sub’ekt tomonidan birgalikda bajarilishi mumkin. Masalan: Ichkaridan birin-ketin bolalar chiqib kelishdi (Tog‘ay Murod).
YAna bir nisbat shaklida esa harakat grammatik sub’ekt (ega)ning boshqa bir sub’ekt va ob’ekt ta’siri bilan bajariladi. Masalan: Mo‘minning ovozidan qat’iyat, buyruq Laylini bo‘shashtirdi (S.Z.).
SHunga ko‘ra fe’llarda besh xil nisbat ko‘rinishi mavjud: 1. Aniq nisbat. 2. O‘zlik nisbat. 3. Majhullik nisbati. 4. Birgalik nisbati. 5. Orttirma nisbat.
Fe’l nisbati maxsus shakl yasovchi qo‘shimchalar yordami bilan yasaladi. Bu qo‘shimchalar fe’lning leksik ma’nosini o‘zgartirmaydi, balki unga qo‘shimcha ma’no qo‘shadi. YA’ni bu qo‘shimchalar harakatning bajaruvchisi (sub’ekti) va predmeti (ob’ekti) ni ko‘rsatib, gap qurilishining qanday bo‘lishini bildirib turadi. Masalan: yozdi – sub’ekt (ega)ning o‘zi bajaradigan harakat, yozildi – predmet (ob’ekt) tomonidan bajarilib, sub’ekti noma’lum harakat, yozishdi – bir necha sub’ektlar bajaradigan harakat, yozdirdi – sub’ektning ob’ektga ta’siri bilan bajariladigan harakat.
1. Aniq nisbat. Bu shakldagi fe’lda harakatning bajaruvchisi grammatik jihatdan ega vazifasini bajargan shaxs yoki predmet bo‘ladi. To‘ldiruvchi esa harakatning ob’ekti bo‘ladi. Gapning bunday qurilishi tilshunoslikda aktiv konstruktsiya (faol qurilma) deb yuritiladi. Masalan: Navoiy shiringina yasog‘liq uyda tanho ishlar edi (O.). Ushbu gapda ishlar edi harakatning bajaruvchisi (sub’ekti) Navoiy bo‘lib, u ega orqali ifodalangan. Harakatning ob’ekti esa uyda vositali to‘ldiruvchi orqali ifodalangan.
Bunday shaklida maxsus nisbat ko‘rsatkichi yo‘q. Bu nisbat ma’nosi fe’l negizi orqali ifodalanadi, shuning uchun ham u boshqa nisbat shakllarini hosil qilishi uchun asos bo‘la oladi (qiyoslang: o‘qidi, o‘qildi, o‘qishdi, o‘qitdi kabi).

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling