Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Download 4.13 Mb.
bet65/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

2. O‘zlik nisbat. Bu nisbatdagi fe’lda harakatning sub’ekti bilan ob’ekti bir shaxsning o‘zi bo‘ladi. Masalan: Men har tong Toshkentning go‘zilligi, fayzi bilan zavqlanaman (U.Mahkamov) gapida zavqlanaman fe’li tarkibida kelgan –lan qo‘shimchasi harakatning sub’ekti bilan ob’ekti men shaxsi ekanligini ko‘rsatib turibdi.
O‘zlik nisbati quyidagi affikslar bilan yasaladi:
a) fe’l negiziga unlidan so‘ng –n, undoshdan so‘ng –in qo‘shish bilan: maqta-n, o‘ra-n, yuv-in, kiy-in kabi;
b) fe’l negiziga unlidan so‘ng –l, undoshdan so‘ng –il qo‘shish bilan: surka-l, shosh-il kabi;
v) –lan (-la+-n dan tuzilgan qo‘shma affiks) affiksini qo‘shish bilan: zavq-lan, tinch-lan, shod-lan kabi;
g) –ish qo‘shimchasini qo‘shish bilan: ker-ish kabi.
Barcha fe’l negizlaridan (o‘timli, ba’zi bir o‘timsiz) o‘zlik nisbati yasalmaydi: so‘ra, bor, yugur kabi. Ba’zi fe’l negizlarining, aksincha, aniq nisbati yo‘q: quvon, seskan kabi.
3. Majhul nisbat. Bu shakldagi fe’lda harakat bajaruvchisi sub’ekt (ega) emas, ob’ekt (to‘ldiruvchi) sanaladi yoki harakatning haqiqiy bajaruvchisi noma’lum bo‘ladi.
Masalan: Ot-aravalar birin-ketin saroyga olib kirildi (H.G‘ .) gapida olib kirildi harakatining bajaruvchi sub’ekti noma’lum, ot-aravalar so‘zi ega vazifasida kelsa-da, ob’ekt vazifasini bajargan.
Kesimi majhullik nisbatidagi fe’l bilan ifodalangan gap qurilishi tilshunoslikda passiv konstruktsiya deb yuritiladi.
Majhullik nisbati quyidagi qo‘shimchalar bilan yasaladi:
a) fe’l negiziga unlidan so‘ng –l, undoshdan so‘ng –il affiksini qo‘shish bilan: yasa-l(-di), ata-l(-di), yut-il(-di), sot-il(-di) kabi;
b) fe’l negiziga unlidan so‘ng –n, undoshdan so‘ng –in affiksini qo‘shish bilan: bastala-n(-di), ol-in(-di) kabi.
Majhullik nisbatdagi fe’lni hosil qilishda –l (-il) affiksi ko‘proq qo‘llaniladi. Ba’zan ayni bir fe’l negizidan –l (-il), -n (-in) affikslari bilan ham o‘zlik, ham majhullik nisbati yasalishi mumkin. Bunday bir xil shaklda kelgan bir xil fe’l negizining o‘zlik yoki majhullik nisbatda ekanligi matndan aniqlaniladi. Masalan: Zulfiya darsga tayyorlandi. Operatsiyaga meditsina uskunalari tayyorlandi.

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling