Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Download 4.13 Mb.
bet67/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

Fе’l mayllari
Ish-harakatning voqelikka munosabatini ko‘rsatuvchi grammatik kategoriyaga fe’l mayli deyiladi. Mayl kategoriyasi grammatik zamon (o‘tgan, hozirgi, kelasi) va grammatik shaxs (bajaruvchi) bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, hammasi birgalikda fe’lning tuslanish tizimiga kiradi. Fe’l mayllarida voqelik bilan bog‘liq ravishda ish-harakatning bajarilish xususiyatlari turlicha bo‘ladi. Masalan: 1) Havo sovuq, osmonda zahardek achchiq qor uchqunlari erinchoq kezadi (O‘.Hoshimov). 2) YOshlikda zaxmat chekib, ilm o‘rgansang, kasb-hunar egallasang, qariganda rohat topasan. (Koshifiy). 3) So‘zlayotgan kishining o‘ziga emas, so‘ziga e’tibor qil (Montesьke. Tafakkur gulshani). Bu misollarning birinchisida kezadi fe’li ish-harakatning aniq bajarilishini, ikkinchisida o‘rgansang, egallasang fe’llari ish-harakatning bajarilishi uchun shart qilib olingan harakat ma’nosini, uchinchi misolda esa e’tibor qil fe’li ish-harakatning bajarilishi haqidagi buyruq, maslahat ma’nosini anglatgan. Demak, fe’l anglatgan ish-harakat voqelikka munosabatiga ko‘ra aniqlik, shart (istak), buyruq (istak) kabi qo‘shimcha modal ma’nolarni ifodalaydi. SHunga ko‘ra fe’llar, asosan, 3 fe’l mayli ko‘rinishiga ega: 1) aniqlik mayli, 2) shart mayli, 3) buyruq-istak mayli.
Aniqlik mayl. Bu mayldagi fe’l ish-harakatning uch zamondan birida aniq (real) bajarilgan yoki bajarilmaganini ifodalaydi. YA’ni aniqlik maylidagi fe’l o‘tgan zamon, hozirgi zamon, kelasi zamon fe’llarining barcha ma’no ko‘rinishlarini o‘z ichiga qamrab oladi: o‘qidim, o‘qimadim - yaqin o‘tgan zamon fe’li; o‘qiyapman - hozirgi zamon davom fe’li; o‘qimoqchiman, o‘qimoqchi emasman – kelasi zamon maqsad fe’li kabi. Masalan: Men unga mustaqil odam ekanligimni ko‘rsatib qo‘ymoqchiman (P.Q.) gapida ko‘rsatib qo‘ymoqchiman fe’li ish-harakatning kelasi zamonda (kelasi zamon maqsad fe’li) I shaxs tomonidan (-man shaxs-son affiksi) aniq bajarilishini anglatadi.
Aniqlik maylidagi fe’llar I-II guruh tuslovchi affikslar bilan tuslanadi.
2. Buyruq-istak mayli. Bu mayldagi fe’l kelasi zamonga oid bo‘lib ish-harakatni bajarish yoki bajarmaslik haqida buyurish, so‘rash, istash, iltimos, maslahat, undash-chaqirish kabi ma’nolarni anglatadi va III guruh tuslovchi affikslar bilan o‘zgaradi: o‘qiy (o‘qiyin), o‘qigin (o‘qi), o‘qisin; o‘qiylik, o‘qingiz, o‘qisinlar kabi.
Buyruq-istak maylining I shaxsi istak iltimos, undash-chaqirish ma’nolarini (I shaxsda buyurish, iltimos ma’nolari ifodalanmaydi); II-III shaxsi buyruq, iltimos, maslahat o‘rni bilan do‘q kabi ma’nolarni ifodalaydi va ma’nolarning har biri o‘ziga xos ohang bilan ajralib turadi. Masalan: 1. O‘z shaxsiy foydangni izlama, xalqning foydasini izla, xalqqa mashaqqat yukki tushirib, uni qiynama, o‘zing yuk ko‘taruvchi bo‘l (YUsuf Xos Xojib). 2. Naqadar buyuk zamonda yashayotganligimizni unutmaylik (I.Karimov) birinchi misolidagi izlama, izla, qiynama, bo‘l fe’llari II shaxs (nol ko‘rsatkichli shaklda)da kelib maslahat, iltimos kabi ma’nolarni, ikkinchi misoldagi unutmaylik fe’li I shaxs ko‘plikda kelib, shu harakatni bajarishga undash, shu bilan birga istak, xohish kabi ma’nolar bildiriladi.

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling