Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi
Modal so`zli so`z birikmasi
Download 4.13 Mb.
|
МТ Она тили
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. BIRIKMALAR TOBE KOMPONENTINING SINTAKTIK TABIATIGA KO`RA QUYIDAGICHA GURUHLANADI
- IV. SO`Z BIRIKMALARINING tuzilishiga KO`RA TURLARI.
4. Modal so`zli so`z birikmasi.
Bu tipdagi birikmalarni hokim komponenti o`rnida modal so`zlar keladi: O`zingda yo`q olamda yo`q. Til faktlari shuni ko`rsatadiki, ravish va sifat turkumiga kiruvchi so`zlarning boshqaruvchilik xususiyati ot va fe’l boshqaruvchiligiga nisbatan passiv bo`lib, nutqda kamroq qo`llanadi. III. BIRIKMALAR TOBE KOMPONENTINING SINTAKTIK TABIATIGA KO`RA QUYIDAGICHA GURUHLANADI: To`ldiruvchili so`z birikmalari: Oyni etak bilan yopib bo`lmas. Aql-aqldan quvvat oladi. (maqol) Aniqlovchili so`z birikmalari: Toza qalbda dog` bo`lmas. Ahmoqning katta kichigi bo`lmaydi. (maqol) Izohlovchili so`z birikmasi: Direktor Saidvaliev praktikant – talabalar bilan suhbat o`tkazadi. YAqinda shoir Hamza xotirasiga bag`ishlangan adabiy kecha o`tkazildi. Holli so`z birikmalari: Oz so`zla, ko`p tingla (maqol). IV. SO`Z BIRIKMALARINING tuzilishiga KO`RA TURLARI. So`z birikmasi tarkibi jihatidan oddiy (sodda) va murakkab bo`ladi: oddiy so`z birikmasi faqat ikki mustaqil so`zdan tashkil topadi: oltin soat, tez gapirmoq, institut binosi, shoir Muqimiy, o`sha qiz Murakkab so`z birikmasida so`zlarning birortasi yoki har ikkilasi ham kengayadi: shirin so`zli yigit, oq ko`ylakli qiz, bir yoz ellik so`mlik mato, ikki kilogramli tosh, O`zbekiston qishloq xo`jaligi ilg`orlarining yig`ilishi kabilar. Predikativ Harakterdagi qurilmalar ham murakkab so`z birikmalarining bir komponenti vazifasini bajaradi. Ra’no o`qigan kitob hammamizni qiziqtiradi. Sochi uzun, ko`zlari qop-qora Hafizani ko`rganda Umid o`zini yo`qotib qo`yar edi. So`z birikmasini tahlil qilish tartibi: Sintaktik aloqa turiga ko`ra teng yoki tobe aloqa. Tobe aloqa turiga ko`ra moslashuvli, bitishuvli, boshqaruvli. Sintaktik aloqaning yuzaga chiqaruvchi vositalarga ko`ra: so`z formasi (qo`shimchalar, ko`makchilar), so`z tartibi, intonatsiya . Hokim so`zning morfologik tabiatiga ko`ra. Tobe so`zning sintaktik tuzilishiga ko`ra. Semantik munosabat turi. Tuzilishiga ko`ra turi. Aloqa-aralashuv vositalarning eng kichik birligi gapdir. Gap nutq birligi sanaladi. Tilshunoslikda gapga nisbatan juda ko`p ta’riflar berilgan. Gapni gap qilib turuvchi uchta asosiy belgi mavjud: Har qanday gap ma’lum bir ob’ektiv borliqni ifrdalashi nuqtai nazardan nisbiy tugallikka ega. M: Bahor fasli boshlandi. Har qanday gap intonatsion tugallikka ega bo`ladi. Asosiy belgalardan biri intonatsion tugallikdir. Masalan: Paxta mavsumi tugadi, talabalar o`qishga qaytdilar. 3.Gapning yana bir asosiy belgisi predikativlikdir. Modallik gap orqali ifodalanayotgan xabarga yoki voqelikka bo`lgan so`zlovchining turliy munosabatidir. Bu munosabat asosan gapning kesimi orqali ifoda etiladi. Uni ifoda etuvchi vositalarga fe’lning mayllarini ko`rsatuvchi qo`shimchalar, modal so`zlar hamda intonatsiya kiradi. Misol:dunyoning tinchligi buzilmasin hech. Olasiz (olib bo`psiz). Hayriyat, imtihondan o`tib oldim. O`zbek tilida gaplar quyidagi belgilarga ko`ra taslif qilinadi. 1.Ifoda maqsadga ko`ra turlari. Har bir gap o`zida so`zlovchining yoki yozuvchining shu gapini aytishidan maqsadini ham ifoda etadi. SHu gap orqali muallif bir fikrni aytmoqchi yoki so`ramoqchi bo`lsa yoxud o`zining xohish yoki iltimosini bayon qiladi. SHunga ko`ra gaplar uchga bo`lib o`rganiladi. a)darak gap . b)so`roq gap. v) buyruq gap Download 4.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling