Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Download 4.13 Mb.
bet99/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

DARAK GAP
Ob’ektiv borliqdagi biror voqea – hodisa haqida xabar berish, uningmavjudligini qayd etish uchun qo`llangan gaplar darak gap deyiladi. Masalan: Bahor kelganiga qaramay, kunlar hali ancha sovuq.
Ba’zan darak gaplar sof xabar mazmunidan tashqari taxmin (bugun yomg`ir yog`sa kerak), maqsad, orzu-istak (ertaga o`rtog`imnikida qolsam) kabi ma’nolarni ifodalashi ham mumkin.
Darak gaplar darak intonatsiyasi bilan aytiladi. Odatda gap bo`laklari normal holatda joylashadi. Darak gaplarning kesimi ko`pincha aniq mayldagi fe’llardan iborat bo`ladi. Darak gaplar nutqda eng ko`p qo`llanuvchi gap turi hisoblanadi. Hatto katta-katta matnlar faqat darak gaplardan tuzilishi mumkin.
SO`ROQ GAP
Tinglovchidan yoki o`quvchidan biror ma’lumot olish uchun, narsa-hodisani so`rab olish uchun qo`llaniladigan gaplarga so`roq gap deyiladi. Masalan: Bahorgi sessiya qachon tugaydi?
So`roq gaplarda sof so`rash mazmunidan tashqari tasdiq, buyruq ma’nolarini ham ifodalashi mumkin. SHunga ko`ra so`roq gaplarning 3 ga bo`lib o`rganiladi:
a) sof so`roq gaplar. Bunday gaplar mazmunidan haqiqiy so`rash ma’nosi anglashiladi va tinglovchidan albatta javob kutiladi. Masalan: Tashqarida yomg`ir yog`ayotganga o`xshaydi-a?
b) ritorik so`roq gaplar. Bunday gaplarda so`rash shakli orqali xabar beriladi. Ular javob talab qilmaydi. Javob so`roqning o`zidan anglashilib turadi. Ritorik so`roq gaplarda ularning javobi shu gapdagi biror bo`lak yoki ha, yo`q so`zlari orqali berilishi mumkin. Masalan: Bu ishni kechiktirib bo`ladimi?
Ko`rinadiki, ritorik so`roq gaplarda oddiy xabar berishdan tashqari emotsionallik va modallik ma’nolari kuchli bo`ladi.
d) so`roq buyruq gaplar. Bunday gaplar so`rash bilan birga buyurish, undash mazmunini ham ifodalashi mumkin.
So`roq gaplar quyidagi vositalar yordamida hosil qilinadi.
So`roq yuklamalari bilan: Siz topshiriqni bajardingizmi?
Nahot, bugun ham yomg`ir yog`sa-ya?
So`roq olmoshlari: Darsga kimlar kelmadi?
Intonatsiya : Dars boshlandi?!

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling