Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Download 4.13 Mb.
bet100/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

BUYRUQ GAPLAR
Adresatni biror ish bajarishga undash, buyurish maqsadida qo`llanadigan gaplar buyruq gaplar deyiladi. Masalan: Ehtiyot bo`ling!
Ko`zingga qarab yur.
Temirni qizig`ida bos.
Buyruq gaplarda sof buyurish mazmunidan tashqari maslahat, iltimos, g`azab, do`q – po`pisa kabi ma’nolar ifodalanishi ham mumkin. Masalan:
Topshiriqni o`z vaqtida bajaring. (Sof buyruq gap) Tur o`rningdan (do`q). Chiq uydan (g`azab). Misollardan ko`rinadiki, buyruq gaplarning mazmun doirasi keng bo`ladi. Ular quyidagi xususiyatlarga ega:
a) kesimi buyruq fe’li bilan ifodalanadi.
Qo`lingga qurol ol.
b) buyruq gaplarda ko`pincha undov va undalmalar ishtirok etadi.
Karimaxon, kitobingizni berib turing.
v) buyruq gaplar oxirida nuqta yoki undov belgisi qo`yiladi.
Ba’zan boshqa mayldagi fe’llar ham buyruq gapning kesimi bo`lib kelishi mumkin.
Arzimni bir tinglasalar.
Emotsionallikka ko`ra gap turlari:
Gaplar o`zida kishining ichki his-tuyg`ularini ifodalashi yoki ifodalanmasligiga qarab ikkiga bo`lib o`rganiladi.
a) emotsional gaplar
b) emotsional bo`lmagan gaplar.
Emotsional gaplar maktab darsliklarida undov gaplar deb yuritiladi. Emotsional gaplar kimning ichki xis-tuyg`ularini ifodalab ko`tarinki rux bilan talaffuz qilinadi. Masalan: Eh, qanday go`zal manzara.
Gapning istalgan turini his-hayajon bilan aytib undov gapni aylantirish mumkin. Shunga ko`ra darak undov, so`roq undov, buyruq undov gaplarni hosil qilish mumkin.
a) darak undov.
Xayriyat, eson-omon etib olishibdi!
b) so`roq undov.
Ikki oy dalada yurish osonmi?!
d)buyruq undov.
Buyruq undov gaplarda shodlik, quvonch, taajjub, mamnunlik, tashakkur, rag`batlantirish kabi ma’nolar ifoda etiladi. Masalan: Ilg`or talabalar rag`batlantirilsin!
Undov gaplar quyidagi xususiyatlarga ega:

  1. Uning tarkibida ko`pincha undov so`zlar, undalmalar, kuchaytiruvchi yuklamalar qatnashadi.

Uh, qanday dahshat!
2. Undov gaplarda gap bo`laklarining tartibi ba’zan o`zgarishi mumkin
Yashasin tinchlik!
Gapning voqelikka munosabati jihatidan turlari.
Gapning struktura asosiga (tuzilishiga)ko`ra quyidagicha gupuhlash mumkin:

  1. Sodda gaplar.

Bundaygaplarbirstrukturaasosidan,ya’nibiregavabirkesimmarkazidantashkiltopadi.
Ikkinchidarajalibo`laklaresaanashu 2 markazatrofidajamlanadi.
Masalan: Bog`da bulbul sayraydi.

  1. Qo`shma gaplar.

Ikki struktura asosidan, ikki predikativ birlikdan tashkil topadi.
Masalan: Bog`da bulbul sayraydi, ko`nglim guldek yayraydi.

  1. Murakkab qo`shma gaplar.

Tarkibida 2 dan ortiq predikativ birliklardan iborat bo`ladi. Masalan: Qizginamning bog`i bor, bog`boni yo`q; suyangani tog`i bor, tolqoni yo`q.
Eslatma: yuqoridagi gap ko`rinishlaridan tashqari yana shunday gap tiplari mavjudki, bunday gap tiplari nutqda periodik nutq ko`rinishlari deb yuritiladi.
Bosh va ikkinchi darajali bo`laklarning ishtirokiga ko`ra gaplar 2 turga bo`linadi.

  1. Yig`iq gaplar.

  2. Yoyiq gaplar.

Yig`iq gaplar faqat bosh bo`laklardan tashkil topadi.
Masalan: O`qish boshlandi.
Yoyiq gaplar esa bosh va ikkinchi darajali bo`laklardan tashkil topadi
Masalan: El og`ziga elak tutib bo`lmaydi.
Tarkibiga ko`ra gap turlari.
Bunga ko`ra ham gaplar 2 turga bo`linadi.

  1. Bir tarkibli gaplar

  2. Ikki tarkibli gaplar.

Faqat birgina tarkibdan tashkil topgan gaplar bir tarkibli deyiladi. Gapda faqat 2 tarkib bo`ladi. Demak, faqatgina ega yoki aloqador bo`lgan tarkibdan yoki kesim va unga aloqador bo`lgan so`zlardan tashkil topgan gaplar bir tarkibli gaplar deyiladi.
Masalan: Qishda Chimyonga boramiz.
Maktab bog`ida ishladik
Ega tarkibli gapda kesim, kesim tarkibli gaplarda esa ega ishtirok etmaydi.
Umuman olganda, bir tarkibli gaplarning quyidagi turlari mavjud.

  1. Shaxsi aniq gaplar.

  2. Shaxsi noaniq gaplar.

  3. Shaxsi umumlashgan gaplar.

  4. Shaxssiz gaplar.

  5. Infinitiv gaplar.

  6. Nominativ yoki atov gaplar.

  7. So`z – gaplar.

Ko`rinadiki, o`zbek tilida gaplar turli tomondan tasnif qilinadi va turlarga ajratiladi.



Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling