6-mavzu: Mineral resurslar geografiyasi (1 soat (A2+: 2 soat))
Dunyoning yirik yoqilg‘i havzalari. Qora va rangli (ayniqsa qimmatbaho) metallar eng ko‘p tarqalgan hududlar. Asosiy foydali qazilmalar (neft, tabiiy gaz, ko‘mir, temir ruda)ning eng katta zahiralariga ega bo‘lgan davlatlar.
7-mavzu: Tugamaydigan va tiklanadigan tabiiy resurslar geografiyasi (1 soat (A2+: 2 soat))
Agroiqlim, yer, suv, o‘rmon, biologik, geotermal resurslarning geografiyasi.
8-mavzu: Jamiyat bilan tabiatning o‘zaro aloqadorligi (1 soat (A2+: 2 soat))
Atrof-muhit va geografik muhit tushunchalari. Geografik muhitning kengayishi, yangi yerlarning o‘zlashtirilishi. Insoniyatning sayyoramiz tabiatiga ko‘rsatadigan ta’siri, landshaftlarning antropogenlashuvi va madaniylashuvi, antropogen, madaniy va buzilgan landshaftlar haqida tushuncha. Tabiatdan foydalanish tushunchasi. Ekstensiv va intensiv tabiatdan foydalanish.
9-mavzu: Zamonaviy ekologik muammolar (1 soat (A2+: 2 soat))
Ekologik muammo tushunchasi. Ekologik muammolarning 3 pog‘onasi: global, mintaqaviy va mahalliy. Eng dolzarb global ekologik muammolar: “issiqxona effekti”, ozon “tuynuklari”, cho‘llanish, o‘rmonsizlanish, ichimlik suvi tanqisligi, bioxilmaxillikni saqlash. Ekologik siyosat.
10-mavzu: Ekologik muammolar va geografiya fani. Nazorat ishi (1 soat (A2+: 2 soat))
Ekologik muammolar kelib chiqishida geografik muhitdagi muvozanat buzilishining roli. Ekologik muammolarni hal qilishda geografik bilimlarning ahamiyati, geografiya fanining bu boradagi salohiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |